Toşkent metallurgiya zavodidagi davlat uluşi professional konsultantlarni jalb qilgan holda xalqaro bozorda ommaviy savdolarga çiqariladi. Bu haqda “Davlat iştirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qiliş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarorida keltirilgan.
Qayd etilişiça, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasiga tegişli 49,9 foiz davlat uluşi 2025 yilning II çoragi yakunigaça ommaviy sotuvga çiqarilişi lozim.
Bunga mas’ul etib tayinlangan işçi guruhning tarkibi quyidagiça: Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ijroçi direktori Şuhrat Vafayev, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori örinbosari Alişer Miraliyev va Toğ-kon sanoati va geologiya vazirining birinçi örinbosari Omonullo Nasritdinxöjayev.
Toşkent metallurgiya zavodi haqida
2017 yil 7 aprelda Özbekiston prezidentining “Toşkent metallurgiya zavodi qurilişi investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinadi.
Dastlab, loyihaning umumiy qiymati 278,2 million yevroga baholangan bölsa, keyinçalik bu miqdor 334,47 mln yevrogaça oşiriladi.
Şundan 164,5 million yevro Rossiya eksport-import bankining 10 yilga berilgan krediti, 154,7 million yevro Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari, 15,1 million yevro esa Asakabank krediti hisoblanadi. Loyihaning özini qoplaş muddati 9,3 yil deb körsatiladi.
Lekin 2020 yil oxirida bölib ötgan zavodning oçiliş marosimida uning umumiy qiymati 420 million dollarni taşkil etgani aytilgan.
Zavodni 49,7 gektar maydonda quriş loyihasi Rossiyaning “Metprom” guruhi tomonidan tayyor holatda topşiriş şarti asosida amalga oşirildi. Guruh ham loyihaçi, ham boş pudratçi bölgan. Zavod Italiyaning Danieli kompaniyasi texnologiyasi va avtomatlaştirilgan uskunalari bilan jihozlangan. Loyihani amalga oşirişni SFI Management Group xorijiy kompaniyasi boşqarib, quriliş va foydalanişga topşirişning barça bosqiçlarini töliq nazorat qilgan.













