Prezident Şavkat Mirziyoyev 7 may kuni qöşma Hukumatlararo komissiya tadbirlarida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Vengriya taşqi işlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi.
Uçraşuvda Özbekiston bilan Vengriya örtasidagi köp qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari körib çiqildi. Ikki mamlakat strategik şerikligi izçil mustahkamlanib, amaliy aloqalar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sanoat, farmatsevtika, qişloq xöjaligi, baliqçilik, logistika, köçmas mulk obektlarini quriş va boşqa yönalişlardagi loyihalarni ilgari suriş masalalari körib çiqildi. Toşkent viloyatida Vengriya va Yevropa kompaniyalarining loyihalari uçun maxsus iqtisodiy zonani tez fursatda işga tuşiriş muhimligi ta’kidlandi.
Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi, şu jumladan Turkiy davlatlar taşkilotidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.













