Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi 23-son davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyaçisi F.S. bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilindi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinişiça, tarbiyaçi 6 may kuni işdan olingan. Avvalroq, uning bolalarga tarsaki tuşirgani tasvirlangan videolavha ijtimoiy tarmoqda tarqalgan edi.
Şuningdek, bolaning qöliga igna sançilgani haqidagi xabarlar böyiça ham suriştiruv ötkazilgan.
Aniqlanişiça, 5 yoşli Ya.X. barmoği 17 aprel kuni ehtiyotsizlik oqibatida boğça eşigi orasida qolib ketgan va şikastlangan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan fotosuratlar esa bolaga birinçi tibbiy yordam körsatilişi vaqtida olingan.
Bolaning onasi bergan ma’lumotga köra, barmoqqa sançilgan igna emas, balki sim bölib, aslida tibbiyot xodimi tomonidan barmoqni tikiş maqsadida qöyilgan. Hozir bolaning soğliği töliq tiklangani ta’kidlanmoqda.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












