AQŞ, Britaniya va Avstraliya rossiyalik Dmitriy Xoroşevga qarşi sanksiyalar joriy qildi, u amerikalik va britaniyalik tergovçilarga köra, LockBit hakerlik guruhi asosçisi va rahbari hisoblanadi. 7 may, seşanba kuni AQŞ Adliya vazirligi Xoroşevni hibsga olişga yordam beradigan ma’lumot uçun 10 million dollargaça mukofot va’da qildi.
«LockBitSupp, LockBit va putinkrab laqablari bilan ham tanilgan Dmitriy Yureviç Xoroşev, Rossiyaning Voronej şahridan, 31 yoşda, Nyu-Jyersi okrug sudida 26 ta band böyiça ayblangan», — deyiladi departament matbuot xizmatida. Gap firibgarlik va tovlamaçilikning har xil turlari haqida bormoqda. Bu ayblovlar uçun maksimal jazo jami 185 yil qamoq hisoblanadi.
AQŞ Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, LockBit guruhi faoliyatidan 2000 dan ortiq odam zarar körgan, ulardan 100 million AQŞ dollari tölov dasturi yordamida öğirlangan.
Fevral oyida AQŞ, Britaniya va boşqa mamlakatlardan xalqaro tergov guruhi LockBit infratuzilmasini yöq qilgani va hakerlar guruhining 200 ga yaqin a’zolari röyxatiga kiriş imkoniga ega bölganini ma’lum qilgan edi. Biroq, LockBit tez orada uning serverlari tiklanganini e’lon qildi.
Rossiyalik hakerlar Germaniya va Çexiyaga hujum qildi
May oyi boşida Germaniya va Çexiya uşbu mamlakatlardagi bir qator siyosiy tuzilmalarga kiberhujumlar Rossiya harbiy razvedkasi bilan boğliq deb hisoblangan APT28 hakerlik guruhi tomonidan amalga oşirilganini ma’lum qilgan edi. Şu munosabat bilan Germaniya Rossiyadan öz elçisini maslahatlaşuvlar uçun çaqirib oldi, Rossiya elçisi esa Çexiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirildi. NATO va Yevropa Ittifoqi hujumlarni qoralab, Praga va Berlin bilan birdamlik bildirdi.
Oksford universiteti va Kanberradagi (Avstraliya) Yangi Janubiy Uels universiteti olimlarining yaqinda çop etilgan qöşma tadqiqotiga köra, Rossiya kiberjinoyatçilikdan eng katta xavf tuğdiradi. Rossiya Federatsiyasidan keyin Ukraina, Xitoy, AQŞ va Nigeriya bu reytingda katta farq bilan bormoqda.













