Nomaʼlum hakerlar Rossiya mustaqil ommaviy axborot vositalari iştirokidagi «Davayte» va «Ty ne odin» xayriya loyihalariga kiberhujum uyuştirdi. Bu haqda har ikki loyiha jamoasi 1-sentabr kuni maʼlum qildi.
«Davayte» loyihasi uruşdan jabrlangan ukrainaliklar uçun xayriya mablağlari yiğadi. «Ty ne odin» marafoni esa Rossiyadagi siyosiy mahbuslarga yordam körsatişga qaratilgan.
Loyihalar maʼlumotiga köra, kiberjinoyatçilar 11-avgust kuni onlayn-auksionlar ötkazişda foydalaniladigan WooCommerce xizmati va Stripe tölov tizimi integratsiyasi orqali ularning akkauntlariga kirişga muvaffaq bölgan.
Hujum natijasida xayriya qilgan ayrim şaxslarning elektron poçta manzillari öğirlangan. Alohida holatlarda bank kartasining oxirgi törtta raqami va kartani çiqargan bank nomi ham xakerlar qöliga tuşgan.
Şundan söng maʼlumotlarga ruxsatsiz kiriş imkoniyati tösib qöyilgan.
Loyiha jamoalari töliq tölov maʼlumotlari kiberjinoyatçilar qöliga tuşmaganini taʼkidlamoqda. Şuningdek, Stripe tizimida foydalanuvçilar hisoblari bilan boğliq firibgarlik operatsiyalari qayd etilmagan.
Ayni paytda hujumni kim amalga oşirgani aniq emas. Loyihalar jamoalari kiberhujum ortida Rossiya kuç tuzilmalari turişi mumkinligini istisno qilmayapti. Biroq bu taxminga dalillar keltirilmagan.
«Davayte» - «Slujba podderjki», «Meduza» va «Dojd» tomonidan taşkil etilgan qöşma xayriya loyihasi. Rossiyada mazkur taşkilotlar «nomaqbul taşkilotlar» deb eʼlon qilingan. Loyiha maʼlumotiga köra, şu vaqtga qadar 292 ming nafar ukrainalikka yordam körsatilgan.
«Ty ne odin» xayriya marafonini ham şu taşkilotlar, şuningdek, «Mediazona» va Aleksey Navalniy asos solgan Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi bilan boğliq tuzilmalar taşkil etgan.
Loyiha hisobotiga köra, 2024-yilda marafon Rossiyadagi siyosiy mahbuslarga yordam körsatiş uçun 45 mln rubldan ziyod - taxminan 448 ming yevro mablağ töplagan.












