Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko strategik bölmagan yadroviy qurol taşuvçilarni «tösatdan tekşiriş» haqida buyruq berdi. Bu haqda 7 may, seşanba kuni Belarus Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik rahbari Viktor Xreninning sözlariga köra, «Iskander» operativ-taktik raketa tizimi bölinmasi va Su-25 samolyotlaridan iborat eskadrilya şay holatga keltiriladi. Xreninning ta’kidlaşiça, «taktik yadroviy qurollar bilan zarbalarni rejalaştiriş, tayyorlaş va qöllaşdan tortib, barça faoliyat turlari» tekşiriladi.
Rossiya taktik yadro quroli bilan maşğulotlar ötkazadi
Bir kun avval Rossiya Mudofaa vazirligi ham xuddi şunday bayonot bilan çiqqan edi. Departament prezident Vladimir Putin topşiriğiga binoan Ukraina çegarasi yaqinida taktik yadro qurollari bilan maşğulotlar ötkazilişini e’lon qildi.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan beri Rossiya rasmiylari yadro qurolidan foydalaniş tahdidini qayta-qayta eslatib, Kiyevga Ğarb harbiy yordami yetkazilişining oldini olişga harakat qilmoqda. Bu safar Kreml taktik yadro quroli bilan manyovrlar ötkaziş qarorini Rossiyaga qarşi «ğarb rasmiylarining provokatsion bayonotlari va tahdidlari» bilan izohladi.
Maşqlar «yaqin kelajakda» ötkaziladi. Ularda Janubiy harbiy okrugning raketa tuzilmalari aviatsiya, şuningdek, dengiz floti kuçlari iştirokida qatnaşadi. Manyovrlar ötkaziladigan joy aniqlaştirilmagan.













