Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) Boş Assambleyasi 25 mayni Butunjahon futbol kuni deb e’lon qiliş töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Rezolyutsiyani Boş Assambleyaning 193 a’zosidan 160 tasi ma’qulladi, deb xabar berdi Anadolu.

25 may sanasi 1924 yil 25 mayda Parij yozgi Olimpiadasi paytida bölib ötgan tarixdagi birinçi xalqaro futbol turnirining 100 yilligini nişonlaş uçun tanlangan.

Şu paytgaça Butunjahon futbol kuni norasmiy tarzda 10 dekabr kuni nişonlanib kelayotgan edi.

25 mayni Butunjahon futbol kuni sifatida nişonlaş taşabbusini Tojikiston, Bahrayn va Liviya ilgari surgan edi. Ğoya mualliflarining ta’kidlaşiça, «rezolyutsiyada yirik xalqaro sport tadbirlarini tinçlik, özaro anglaşuv, xalqaro hamkorlik, döstlik va bağrikenglik ruhida, heç qanday kamsitişlarsiz ötkaziş muhimligi ta’kidlangan».