Toşkentda 6-8 may kunlari Fransiya ommaviy axborot vositalarini rivojlantiriş agentligining jurnalistlar uçun mintaqaviy forumi öz işini boşladi. Uşbu forumda Markaziy Osiyoning 5 davlatidan 40 ga yaqin jurnalistlar, şuningdek, Fransiyadan ham yetakçi ommaviy axborot agentliklari va tahririyatlarning yetakçi mutaxassislari taşrif buyurgan. Uşbu forumda bir qança muhim masalalar muhokama qilinyapti, şuningdek, guruhlarda tajriba almaşilyapti va davra suhbatlari ötkazilmoqda.

Abdallah Malkavi "France 24" jurnalisti: — Men Franc 24 kanalida reportyor va jurnalistman, bu kanal Franc Media Monde guruhiga kiradi va biz butun dunyo miqyosida işlaymiz.

Forumga keladigan bölsak, u juda ham yaxşi ötyapti, 3 kundan buyon hamkasblarimiz bilan tajriba almaşyapmiz. Öylaymanki, bu juda xam yaxşi, çunki butun dunyo oçilmoqda, biz esa şu oçiq dunyoda hamkasblarimiz bilan muloqotda bölişimiz va birgalikda işlaşimiz kerak.

Öylaymanki, forum doirasidagi har bir mavzu öziga xos va muhim. Media savodxonlik haqida gaplaşdik, nafaqat jurnalistlarning, balki aholi savodxonligini oşiriş haqida ham gap bordi. Bugungi xavfsizlik mavzusi juda ham muhim böldi, raqamlaşayotgan dunyoda bizning sohadagi tahdid va qiyinçiliklar haqida gaplaşdik. Öylaymanki, forumda tilga olingan barça mavzular muhim böldi. Ayniqsa, bugun kunning birinçi yarmida gaplaşilgan ma’lumotlar va jurnalistlar xavfsizligi mavzusi juda dolzarb. Çunki biz joylarda işlaymiz, şuning uçun özimizni himoya qilişni, telefon, kompyuter, şaxsiy ma’lumotlarimizni himoya qilişni örganişimiz kerak. Şuning uçun hamma mavzular muhim va dolzarb böldi deb öylayman.

Beruniy Alimov “Yangi media ta’lim markazi” rahbari: — Bölib ötayotgan forum doirasidagi sessiyalarda biz köproq bugungi kun uçun muhim bölgan, media sohasi uçun muhim va dolzarb bölgan mavzularda suhbatlaşyapmiz. Turli mavzularda, şu jumladan, jurnalist xavfsizligi, etika masalalari yoki hozirgi kunda hammamizni öylantirayotgan sun’iy intellekt yordamida kontent tayyorlaş va buning natijasida yuzaga kelayotgan feyklar muammosi deyepfeyklar muammosi va bularning oldini oliş qanday detekt qiliş qanday qilib faktçeking instrumentlardan foydalaniş mumkin — şu haqda gaplaşyapmiz.

Undan taşqari, eng muhim jihat şundaki, hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi beşta mamlakat va Fransiyadan kelgan mutaxassislar gaplaşayotganimizda bir narsani umumiy xulosa qiliş mumkinki, qaysidir ma’noda bizni öylantirayotgan muammolar, bizning oldimizga çiqayotgan eng katta muammolar deyarli bir xil. Demak, bu ma’noda biz birgalikda kuraş olib borişimiz, ya’ni özaro tajriba almaşişimiz kerak. Özbekistonda jurnalistikamiz qölga kiritgan tajribani ularga qaysidir ma’noda örgatişimiz kerak yoki aksinça, ulardagi eng ilğor tajribalarni biz özimizga qabul qilişimiz kerak deb öylayman. Eng muhimi, kelayotgan 2025-2026-yillarda aynan mana şu formatni davom ettiriş taklifi bölyapti. Keyingi safar, masalan, barça Markaziy Osiyo jurnalistlar va media ekspertlarni Toşkentdan keyingi forum ma’nosida Markaziy Osiyoning boşqa bir poytaxtida ötkaziş rejalaştirilgan.