Rossiya hukumati dunyodagi siyosiy va fuqarolik erkinliklari holatini örganuvçi Amerikaning Freedom House nodavlat taşkilotini «nomaqbul taşkilot» deb e’lon qildi. 7 may, seşanba kuni Rossiya Boş prokuraturasi taşkilotni Qöşma Ştatlarning dunyoda yetakçi rolini örnatişga yordam berişda aybladi. Bundan taşqari, Rossiya departamentiga köra, Freedom House «Rossiya-Ukraina mojarosida döstona bölmagan davlatlarning siyosatini tarğib qilişda» iştirok etgan va boşqa narsalar qatorida Rossiya armiyasini «obrösizlantirgan».

Bayonotda, şuningdek, nohukumat taşkilot Ukrainani qöllab-quvvatlaş, Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qiliş, Rossiya Federatsiyasiga nisbatan sanksiyalar bosimini kuçaytiriş va Rossiyani qöllab-quvvatlayotgan uçinçi davlatlarga qarşi sanksiyalarni faol ravişda qöllaşga çaqirayotgani qayd etilgan. Bundan taşqari, Freedom House Rossiya muxolifati, «ğarbparast faollar», şuningdek, «terrorçilik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblangan şaxslar»ga «axborot, moliyaviy va huquqiy yordam körsatadi», deyiladi.

«Nomaqbullar» röyxatida 160 ta taşkilot bor

«Nomaqbul taşkilotlar» maqomi Rossiya qonunçiligida 2015 yildan beri qonuniy ravişda mavjud. Ularga Rossiya Federatsiyasi hududida ma’muriy va jinoiy javobgarlik tahdidi ostida faoliyat yuritiş taqiqlanadi. Uşbu taşkilotlar bilan hamkorlik qilganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ham nazarda tutilgan.

Ayni paytda «nomaqbullar» röyxatda 160 ta taşkilot mavjud bölib, ularning aksariyati Britaniya, Germaniya, AQŞ va Ukrainada joylaşgan. Ular orasida "Uruşga qarşi feministik qarşilik", Boris Nemsov ozodlik jamğarmasi, Germaniyaning Fridrix-Naumann jamğarmasi va Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi, şuningdek, Germaniya Kopelev jamğarmasi bor.