6 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyevga oliy ta’lim sohasi böyiça işlab çiqilgan takliflar taqdimot qilingan edi. 8 may kungi matbuot anjumanida bu takliflar haqida ma’lumot berildi.
Matbuot anjumanida oliy ta’lim vaziri Qönğirotboy Şaripov hamda Bilim va malakalarni baholaş agentligi direktori örinbosari Farhod Mirzayev iştirok etdi.
Ma’lum qilinişiça, oliy ta’limdagi davlat buyurtmasini şakllantiriş böyiça quyidagiça takliflar işlab çiqilgan:
- davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlaş amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlaş tartibi joriy etiladi;
- ijtimoiy-gumanitar yönalişlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, bu kvotalar ustuvor ravişda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar orasida taqsimlanadi;
- 2025 yildan boşlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlaş va ularga bölgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uçun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);
- oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-öqituvçilari tarkibidan kelib çiqib, keyingi öquv yili uçun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça şakllantiradi;
- davlat buyurtmasi asosida grant örinlari har bir yönaliş uçun respublika böyiça töplangan ballar ketma-ketligiga köra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oşiriladi.













