Oliy ta’lim muassasalariga kirişdagi 56,7 minimal ötiş balli 2025 yildan boşlab bosqiçma-bosqiç oşiriladi. Bu haqda 8 may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ötgan matbuot anjumanida vazir Qönğirotboy Şaripov ma’lum qildi.
Bunda:
- soğliqni saqlaş, huquq, biznes va boşqaruv yönalişlari uçun – 94,5 ball;
- boşqa yönalişlar uçun – 75,6 ball etib belgilanadi.
Amalda barça yönalişlar uçun – 56,7 ball edi.
«Davlat granti talabalari uçun ta’lim granti va ijtimoiy rağbatlantiruvçi grant şaklida ajratiladi. Ijtimoiy rağbatlantiruvçi grant saqlab qolinadi. U 4 yilga beriladi, qaytarib olinmaydi. Bu grant şunga muhtoj yoşlar uçun ajratilgan grantdir», degan vazir.
Davlat granti talabalar uçun ta’lim granti va ijtimoiy-rağbatlantiruvçi grant şaklida ajratiladi.
Bunda:
- ta’lim granti – talabalarga bir öquv yili uçun ajratiladi hamda 1-kursda öqişga kiriş natijalari böyiça, 2-kursdan boşlab reyting körsatkiçlari böyiça eng yuqori ball töplagan talabalarga ajratiladi;
- ijtimoiy-rağbatlantiruvçi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun öqiş davri uçun beriladi;
- ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning öqişni tugatgandan söng 3 yil işlab beriş majburiyati bekor qilinadi.
Oliy ta’limda özgarişlar: davlat granti endi 1 yilga beriladi













