8 may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ötgan matbuot anjumanida vazirlik rasmiysi Abduvali Xoliqov talabalarga grant yangi tartib böyiça qanday berilişini tuşuntirib berdi.

Talabalarga grant 2 turda taqsimlanadi: 100 foizlik va 50 foizlik. Talaba birinçi kursni tugatgaç, unga grant bir yillik özlaştiriş körsatkiçiga qarab beriladi.

“Masalan bir guruhga 50 nafar bola grant asosida qabul qilindi. Jami guruhda esa 200 talaba bor. Ularga ajratiladigan grantning 50 foizi 100 foizlik, qolgan yarmi esa 50 foizlik grant böladi. Bunda jami 50 ta grantning 25 tasi 100 foizlik, qolgan 25 tasi esa 50 foizlik grant böladi.

Demak, kontraktda öqiyotgan talaba 50 foizlik grant olişi uçun ham yaxşi özlaştirişga ega bölişi kerak. Bizda GPA – özlaştiriş körsatkiçi uçdan beşgaça hisoblanadi. Şu GPA körsatkiçi eng yuqori bölganlarga 100 foizlik grant, pastroq bölganlarga esa 50 foizlik grant beriladi”, – dedi u.

Ma’lumotga köra, universitetga berilgan mingta kvota ham içki tarzda özlaştiriş körsatkiçiga qarab ajratiladi. Agar yuqori natijali talabalar soni köpaysa, grantga ötiş balli ham yuqoriroq bölişi mumkin.

Bundan taşqari, Abduvali Xoliqovning qöşimça qilişiça, talaba grantda 4 yil doimiy öqiydi degan kafolatni heç kim bera olmaydi va şuning uçun grantda öqiş bilan boğliq barça talablar bekor böladi.

Qöşimça qilinişiça, talabalarning grant-kontraktda öqişiga qarab qay tarzda va qança stipendiya olişi hozirça aniq emas. Stipendiyaga oid tartib qayta körib çiqiladi.