Belgorod va Belgorod viloyati 9 may, payşanbaga ötar keçasi yana Ukraina tomonidan öqqa tutildi. Raketa tahdidi uç marta e’lon qilingan. «Turar joy binolari va avtomobillarga töğridan töğri zarbalar bor», dedi Belgorod viloyati gubernatori Vyaçeslav Gladkov. Dastlabki ma’lumotlarga köra, sakkiz kişi jabrlangan: yetti nafar yoş katta inson va 11 yoşli qiz. Beş jabrlanuvçi, jumladan, bir bola kasalxonaga yotqizilgan.

Gladkovning sözlariga köra, Belgorodda 19 ta köp qavatli uydagi 34 ta xonadon, xususiy uy va 37 ta avtomobil şikastlangan. Belgorod tumanidagi Dubovoye qişloğida törtta xususiy uy va uçta avtomaşinaning tom qismiga zarar yetdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Belgorod viloyati uzra 15 ta Vampire RM-70 yalpi öt oçiş reaktiv tizimi snaryadlari yöq qilingani haqida xabar berdi. Mintaqada bitta dron ham urib tuşirilgan. Bryansk viloyatida ikkita, Kursk viloyatida uçta dron urib tuşirildi, deya qöşimça qildi departament. 

Voronej viloyatiga ham uçuvçisiz uçoqlar hujum qilgan. Gubernator Aleksandr Gusevning xabarlaridan ma’lum bölişiça, UUA hujumi tahdidi mintaqada taxminan olti soat davomida kuzatilgan.

Anapa yaqinidagi neft omboriga hujum 

Ayni paytda, Krasnodar ölkasi tezkor ştabining xabar berişiça, 9 mayga ötar keçasi Ukraina uçuvçisiz uçoqlari Anapadan 35 km uzoqlikdagi Yurovka qişloğidagi neft omboriga hujum qilgan. Operativ ştab ma’lumotlariga köra, tungi hujum paytida «oltitaga yaqin UUA tutib olingan», biroq bir neçtasi neft ombori hududiga qulagan va yonğin boşlangan. Bir neçta yonilği baklari şikastlangan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, heç kim jabrlanmagan. Moskva vaqti bilan soat 7:40 da yonğin qurşab olindi. 

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri Rossiya Federatsiyasining çegaradoş hududlari muntazam ravişda öqqa tutilib, uçuvçisiz uçoqlar hujumiga uçramoqda.