Özbekiston hukumati yaşirin iqtisodiyotni qisqartirişga qaratilgan rejalarni işlab çiqdi. Bu rejalar qatoriga kiritilgan, Soliq qömitasiga qöşimça vakolatlar beriş haqidagi normalar jamoatçilik e’tirozlariga sabab bölyapti. Tegişli qaror loyihasi tanqidlardan keyin oçiq muhokamaga qöyiladigan böldi.
Kun.uz bu loyihaning aksariyat bandlariga qarşi çiqqan Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşi a’zolari – soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov va tadbirkor Faxriddin Ilyosov bilan suhbatlaşib, e’tirozlar nimadan iborat bölayotganiga qiziqdi.
– Loyihada korxonaning ustav fondini oşiriş uçun yönaltirilgan mablağlar manbasini oçiqlaş talab etilyapti. Bu borada qanday muhokamalar böldi?
Murod Muhammadjonov: Ustav fondini oşiriş uçun yönaltirilgan tovar-moddiy boyliklarning 10 kun içida kelib çiqiş asosi va hujjatlar soliq organiga majburiy taqdim etilmasa, ustav fondini oşirgan şaxsga nisbatan daromad soliği, korxonaga nisbatan foyda soliği hisoblansin degan norma qöyilyapti. Amaliyotda soliqçilar şu narsani qilib turgan edi va bu noqonuniy edi, sudlarda bu narsa isbotlanib, köplab soliq tekşiruvlarida ayrim soliqçilar asosi yöq ekan deb turib, daromad soliği, ustav fondi oşirilmagan ekan deb foyda soliği hisoblab turgandi, bu harakatlar sud tomonidan noqonuniy deb topilayotgan edi. Endi şuni qonuniylaştiriş uçun loyihaga kiritişyapti.
Prezidentimiz özi ham investitsiya qilaman deb turgan odamdan kelib çiqiş manbasini söramanglar, u qança xohlasa, şunça investitsiya qilsin degan edi. Bu şu narsaga qarşi bölyapti. Investitsiya uçun soliq bölyapti.
Maqsadimiz – xufiyonani oqqa olib kiriş bölsa, köçada qorabozorda hamma biladigan kargolar orqali çegaradan kirib kelayotgan tovarni men naqd pulga sotib oldim, öşani olib kelib rasman sotmoqçiman. Xufiyonadagini qonuniy bozorga olib kirsam, pulni qayerdan olding deydi. Qayerdan olganingni aytmasang, 12 foiz foyda soliğini tölaysan, deyişyapti. Xufiyonani oqqa olib kirganim uçun soliq tölaymanmi? Bu xufiyona iqtisodiyotga qarşi kuraşmi yoki uni qöllab-quvvatlaşmi? Xufiyonani oqqa olib kirsam, men 12 foiz, korxona 15 foiz foyda soliğini tölaşi kerak. Şu paytgaça bu harakatlar sudlar tomonidan noqonuniy deb topib kelingan.












