Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov boşçiligidagi delegatsiya keça Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif tomonidan qabul qilindi.
TIV ma’lumotiga köra, vazir Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Suhbat çoğida Özbekiston va Pokiston örtasidagi munosabatlarni yangi bosqiçga kötariş, ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarning ulkan istiqbollari hamda xalqaro taşkilotlar doirasidagi muloqot yuzasidan fikr almaşildi.
Iqtisodiy, investitsiyaviy, parlamentlararo, madaniy va ikki xalqlar örtasidagi munosabatlarni kengaytirişga qaratilgan har tomonlama hamkorlikni çuqurlaştirişga özaro tayyorlik qayd etildi.












