Şavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoat tarmoğidagi içki imkoniyatlarni safarbar etiş orqali aholini işli va daromadli qiliş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Prezident bandlik va aholi daromadi masalasi birinçi darajali ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidlab, bu borada oqsoqlikka yöl qöyib bölmasligi haqida barça darajadagi rahbarlarni ogohlantirdi. 

Yana bir muhim masala – tartibli va xavfsiz mehnat migratsiyasi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida mehnat migratsiyasidan 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar fuqaro qaytib kelgan. Yil oxirigaça yana 250-300 ming nafari qaytişi prognoz qilinmoqda. 

Ularni işga joylaştiriş, ijtimoiy masalalariga kömaklaşiş muhimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga migratsiya böyiça yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan integratsiya qiliş, xorijda mehnat qilayotgan va qiyin vaziyatga tuşib qolgan yurtdoşlarga kömaklaşiş, qaytgan fuqarolarni işga joylaştiriş yuzasidan topşiriqlar berildi.

Muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.