Fransiya Ukrainaga özini Rossiyadan himoya qilişda yordam berişning yangi usulini öylab topdi. Chrysalis (kapalak qöğirçoği) dasturining bir qismi sifatida Ukrainaga muddati ötgan yoki yaroqlilik muddati tugagan komponentlardan yiğilgan uzoq masofali Scalp raketalarini topşiriş rejalaştirilgan, bu Fransiyaga özining raketa arsenalini tugatmaslikka imkon beradi, deb xabar qildi Radio France Internationale (RFI) 9 may, payşanba kuni keçqurun.

RFI ma’lumotlariga köra, Chrysalis dasturi uçun «pillalarda» (konteynerlarda) saqlanadigan Scalp raketalaridan foydalaniladi. Bunday raketalarning ikki turi mavjud - foydalanilmagan, yaroqlilik muddati ötgan va demontaj qilingan, ulardan boşqa Scalp raketalarida foydalaniş uçun tarkibiy qismlari olingan. «Pilla»larda saqlanadigan raketalar fransuz zavodlariga yetkaziladi va u yerda uç oy içida foydalanişga yaroqli holga keltiriladi.

Tejamkor yeçim

Uşbu raketalar tezda Rossiyaga qarşi qöllanişi kutilayotganligi sababli ularning sinovlari soddalaştirilgan sxema böyiça amalga oşiriladi. RFI manbalaridan biri bu rejani iqtisodiy nuqtayi nazardan juda samarali deb atadi, «çunki «pillalar»dan olingan Scalp raketalari utilizatsiyaga möljallangan». 

2024 yil yanvarida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga 40 ta Scalp raketalarini yetkazib beriş niyatida ekanligini ma’lum qildi. RFI ta’kidlaşiça, Chrysalis dasturi xuddi şu vaqtda işga tuşirilgan. Manbalar media-kompaniyaga aytişiça, topilgan yeçim yangi Scalp raketalarini işlab çiqarişga nisbatan xarajatlarni tört baravar kamaytiradi.

Chrysalis dasturi bu yil yakunlanişi rejalaştirilgan.