Terrorizmning millati va dini yöq, Tojikiston unga qarşi kuraşda ikki tomonlama standartlarga qarşi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar çoğida ma’lum qildi, deb yozdi TASS.
Uning ta’kidlaşiça, Rossiya va Tojikiston örtasidagi munosabatlar «savdo-iqtisodiy hamkorlik, gumanitar sohalarda yuksalib bormoqda».
«Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşga kelsak, siz bizning pozitsiyamizni 30 yildan ortiq vaqtdan beri bilasiz. Bizning pozitsiyamiz quyidagiça: biz terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşda ikki tomonlama standartlarga qarşimiz. Terrorizmning millati ham, dini ham yöq», dedi Rahmon.
Uning qöşimça qilişiça, Rossiya va Tojikiston maxsus xizmatlari avval birgalikda yaxşi işlagan, ammo «afsuski, Krokus Siti Xollda fojia yuz bergan». Rahmon Tojikiston 30 yildan ortiq vaqt davomida terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşib kelayotganini ta’kidladi. Uning fikriça, bu «global muammo».
«Tojiklar qadimiy tarix, madaniyat va sivilizatsiyaga ega xalqdir. Bölib ötgan voqea, albatta, biz uçun mutlaqo qabul qilib bölmaydi. Bu esa xalqimizning qiyofasiga, tarixiga, madaniyatiga, urf-odatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Biz bu borada siz bilan yaqindan hamkorlik qilişda davom etamiz», deb xulosa qildi u.
22 mart kuni keçqurun Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga terrorçilar bostirib kirib, odamlarni öqqa tutdi. Keyin zalga öt qöyildi. Oqibatda 144 kişi halok böldi, 500 nafardan ortiği jarohatlandi. Teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 12 kişi hibsga olindi, ularning deyarli barçasi Tojikiston fuqarolari.
Teraktdan keyin Rossiyada mehnat migrantlariga qarşi ommaviy reydlar boşlandi. 27 aprel kuni Tojikiston Taşqi işlar vazirligi şoşilinç tavsiyanoma çiqarib, öz fuqarolariga Rossiyaga safar qilişdan «vaqtinça tiyiliş»ni tavsiya qildi.














