Tadbirda Rossiya, Xitoy, Qatar, Saudiya Arabistoni va boşqa mamlakatlar bilan birgalikda amalga oşirilayotgan kooperatsiya loyihalari va investitsiya dasturlariga alohida e’tibor qaratildi. 

Qayd qilinişiça, 2023 yil yakunida Rossiya bilan tovar ayirboşlaş hajmi qariyb 10 milliard dollarga yetdi. Uşbu körsatkiçni 2030 yilga qadar ikki barobarga köpaytiriş maqsad qilingan.  

Özbekistonda 3 mingdan ortiq qöşma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. 2023 yilda 700 dan ziyod yangi korxona taşkil etildi. Ötgan yili Rossiyaning 3 milliard dollarga yaqin investitsiyalari özlaştirilgan bölsa, joriy yilda bu körsatkiç 5 milliard dollar bölişi kutilmoqda. 

2-3 may kuni dunyoning 93 ta mamlakatidan 2,5 ming mehmon iştirokida Toşkent xalqaro investitsiya forumida xorijiy hamkorlar bilan imzolangan investitsiya va savdo bitimlarini amalga oşiriş böyiça «yöl xaritasi» işlab çiqildi. Unda barça bosqiçlar, muddatlar va mas’ullar aniq belgilandi. Şuningdek, forumda hamda Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşi yiğilişida xorijiy investorlar tomonidan bildirilgan taklif va taşabbuslarni joriy qiliş böyiça «yöl xaritasi» işlab çiqilgan.

Davlat rahbari hisobotni tinglab, «yöl xaritalari»ning barça bandlari öz vaqtida va töliq amalga oşirilişi ustidan qat’iy nazorat örnatiş, investorlar bilan doimiy muloqot qilib, ular uçun maksimal darajada qulay şaroitlar yaratiş, loyihalarni amalga oşiriş jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan masalalarni tizimli hal etib borişni topşirdi. 

Mutasaddilarga törtinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlikni hozirdan boşlaş, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida istiqbolli loyihalar töplamini şakllantiriş vazifasi qöyildi.