Ukrainada uruşning 807-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina mudofaa vazirligi Rossiya qöşini 10 may kuni ukrainlarning Xarkiv oblastidagi mudofaasini yorib ötişga harakat qilgani, çegara hududida janglar ketayotgani haqida xabar berdi.
  • Norasmiy ma’lumotlarga köra, Rossiya Ukrainaning çegaradagi tört qişloğini — Streleçe, Krasne, Pilnaya va Borisovkani qölga olgan; Xarkiv oblasti rasmiylari buni rad etgan.
  • Xarkiv oblastining çegaradoş rayonlari öqqa tutilişi kuçaytirilişi oqibatida tinç aholi vakillaridan ikki kişi halok bölib, beş kişi yaralangan.
  • Xarkiv şahri va Lipsi posyolkasida raketa zarbalaridan keyin bir neça uylar yonib ketgan, 11 yoşli ösmir va ikki nafar keksa ayol yaralangan.
  • Sumi oblastida rossiyaliklar zarbasi oqibatida 64 yoşli ayol halok bölib, uning 17 yoşli nabirasi jarohatlangan.
  • Kaluga oblastida neftni qayta işlaş zavodiga dronlar hujumidan keyin yonğin çiqqan. Jarohat olganlar yöq.

Kun kadri. Xarkiv osmonida şimoliy yoğdu

Kuçli geomagnit böroni tufayli 10 may kuni keçqurun Ukrainaning bir qança oblastlari osmonida şimoliy yoğdu paydo böldi. Uni Xarkiv aholisi vakillari ham kuzatişi mumkin edi. Mart oyida Vladimir Putin Ukrainaning şarqiy qismida bufer zona taşkil etiş zarurati haqida gapirgandi — RF hududlari çegara orqali öqqa tutilişi va bostirib kirilişining oldini oliş uçun. Şundan keyin Xarkiv oblastida hujumlar kuçaytirildi.
Pavlo Parkhomenko / EPA / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastining çegaradoş hududlarida evakuatsiya

Ukrainalik qutqaruvçilar Volçanskning keksa yoşli aholisini evakuatsiya qilmoqda — Ukrainaning Rossiya bilan çegarasidan beş kilometr masofada joylaşgan bu şahar Rossiya qöşini tomonidan muntazam ravişda öqqa tutilmoqda
Politsiya Ukrainy / AP / Scanpix / LETA
Volçansk şahri va atrofdagi qişloqlar aholisi evakuatsiya avtobuslarini kutmoqda