Toşkent şahrida yaşovçi 39 yoşli B.R. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 11 mln 719 ming söm puli noma’lum şaxs tomonidan özlaştirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farğona viloyati, Özbekiston tumanida yaşovçi 20 yoşli X.Z. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvçi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.Z. internet foydalanuvçilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi soxta havola jönatib bank karta ma’lumotlarini qölga kiritgan va ulardagi pullarni özlaştirgan.
Mazkur holat yuzasidan X.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.













