Buyuk Britaniya Ukrainaga tarixdagi eng yirik harbiy yordam paketini taqdim etmoqda. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.
«Buyuk Britaniya 500 million funt sterling miqdoridagi harbiy mablağ bilan bir qatorda hayotiy muhim jihozlar: 4 million öq-dori, 1600 dan ortiq raketa, 400 ta maşina, jumladan, 160 ta Husky rusumli avtomobilni taqdim etmoqda», deyiladi bayonotda.
Avvalroq Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak Ukraina Buyuk Britaniyadan 500 million funt sterling miqdorida qöşimça harbiy mablağ olişini ma’lum qilgandi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron bilan uçraşuvi çoğida bunday taşabbus uçun minnatdorçilik bildirdi.
2024 yil yanvarida Ukraina va Buyuk Britaniya xavfsizlik sohasida hamkorlik töğrisidagi bitimni imzoladi. Buyuk Britaniya Boş vaziri Rişi Sunak Britaniya va Ukraina örtasidagi yangi xavfsizlik kelişuvi ikki davlat örtasidagi «100 yil yoki undan köproq» davom etadigan hamkorlik uçun asos bölişini aytdi.














