Ukrainada uruşning 808-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ön birinçi may kuni Rossiya mudofaa vazirligi Xarkiv oblastida beşta aholi yaşaş manzili egallangani haqida xabar berdi — bu orqali uşbu hududda yuriş boşlangani rasman tan olindi.
- RIA Novosti agentligi Ukraina qurolli kuçlari HIMARS orqali Donetskda «DXR taşkil etilganining ön yilligi» munosabati bilan uyuştirilgan avtopoyga iştirokçilarini öqqa tutgani haqida xabar tarqatdi.
- Yevroittifoq mamlakatlari elçilari Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarini kelişib olgan — lekin bu YeI mamlakatlari öz harbiylarini harbiy harakatlar hududiga yuborişini közda tutmaydi.
- Belgorod oblasti rasmiylari hudud Ukraina tomonidan navbatdagi bor öqqa tutilişi oqibatida sakkiz kişi yaralangani haqida xabar berdi.
- Özini özi e’lon qilgan LXR nazorati ostidagi Rovenki şahrida neft baza yonib ketdi. Mahalliy rasmiylar ukrain harbiylari bazani ATACMS raketalari bilan öqqa tutganini bildirgan.
- Kursk va Belgorod oblastlari rasmiylari ukrain harbiylari uçirgan dronlardan portlovçi moddalar taşlanişi oqibatida tinç aholi vakillari halok bölganini xabar qilgan.
Donetsk öqqa tutilişi
RIA Novosti agentligi 11 may kuni Ukraina qurolli kuçlari HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimidan anneksiya qilingan Donetsk şahrining Lenin rayonini öqqa tutgani haqida xabar berdi. U yerda özini özi e’lon qilgan DXR «mustaqilligi»ning ön yilligi şarafiga avtopoyga uyuştirilgandi. Mash telegram-kanalining Donbassdagi muxbiri hamda hukumatparast «harbiy muxbir» Semyon Pegov avtopoyga iştirokçilari yiğilgan maydon yaqinidagi «Paradiz» restorani zarbaga uçraganini xabar qilgan. Pegovning ma’lumotiga köra, maşinalar start olişga tayyor turgan mahalda portlaş sodir bölgan, şundan keyin takroriy zarba xavfi tufayli uşbu avtopoygani bekor qilişga qaror qilingan.
Hududning Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatori Denis Puşilin bergan ma’lumotga köra, zarba oqibatida uç kişi halok bölgan — «Paradiz» restorani xodimi hamda ikki mijoz. Yana sakkiz kişi, jumladan 12 yoşli qiz jarohatlangan.

Dmitriy Yagodkin / TASS / Profimedia























