Köpgina sun’iy intellekt (SI) tizimlari, şu jumladan halol bölişga örgatilganlari odamlarni qanday aldaşni örgangan. Buni Patterns naşrida çop etilgan tadqiqot körsatdi.

Olimlar sun’iy intellekt tizimlari yolğon ma’lumotlardan qanday foydalanişi haqidagi hisobotlarni tahlil qilişdi. Eng yorqin misol «Diplomatiya» öyiniga örgatilgan CICERO algoritmi edi. Unda öyinçi dunyoni zabt etiş uçun ittifoqlar tuzişi kerak. CICERO öyin davomida öz ittifoqçilariga qasddan zarba bermaslikka örgatilgan bölsa ham halol öynamagan.

Boşqa sun’iy intellekt tizimlari «Starcraft II» strategiya öyinida soxta hujumlarni uyuştirişni va pokerda ğirromlik qiliş qobiliyatini namoyiş etgan. Ba’zi algoritmlar hatto öz xavfsizligini baholaş uçun möljallangan testlarni aldaşni örgangan.

Tadqiqotçilarning ta’kidlaşiça, SI aldaşni örganişda davom etsa, odamlar uning ustidan nazoratni yöqotişi mumkin. Şu sababli, uşbu muammoni hal qiliş va tizimni yuqori xavfli texnologiya sifatida tasniflaş uçun imkon qadar tezroq qat’iy qoidalarni işlab çiqiş kerakligi aytilmoqda.

Olimlar hozirça sun’iy intellektning aldaşni örganişi sabablarini bilmaydi. Biroq, SI vazifani yaxşiroq bajariş uçun aldov va hiyladan foydalanayotgan bölişi mumkin.