Ukraina «şarqda front çiziğini samarali uşlab turiş, Qora dengizda erişgan afzalliklaridan foydalanişda davom etiş, şuningdek, rus qöşinlarini, şu jumladan Qrimda ham hujum ostida uşlab turişga qodir, bu esa ularga qiyinçilik tuğdiradi». Bunday fikrni AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 12 may, yakşanba kuni Amerikaning CBS News telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.
Rossiya qöşinlarining Ukrainadagi sönggi muvaffaqiyatlarini şarhlar ekan, Davlat departamenti rahbari hozirgi vaziyat «qiyin» ekanini, ammo Kiyev hali ham Ğarb ittifoqçilari yordamiga işonişi mumkinligini aytdi. «Biz heç qayerga ketmaymiz, xuddi Ukrainani qöllab-quvvatlayotgan 50 ga yaqin davlat kabi», - deydi u.
Şu bilan birga, Blinken Kiyevga AQŞdan yangi moliyaviy yordam beriş va Ukrainaga qurol jönatiş böyiça kelişib olişning bir neça oylik keçikişi «öz bahosiga ega bölganini» tan oldi. Biroq, hozir Vaşington Ukrainaga «juda tez yordam jönatiş uçun qölidan kelgan barça işni qilmoqda», «yevropaliklar ham şunday qilişmoqda», dedi Davlat departamenti rahbari. Şu bilan birga, u AQŞ prezidenti Jo Baydenning Kiyevga 400 million dollar harbiy yordam ajratiş töğrisidagi 10 may kuni e’lon qilingan farmonini esladi.
Britaniyadan Ukrainaga yordam
Xuddi şu kuni, 12 mayda Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron Sky News telekanaliga Rossiya qöşinlarining Xarkiv yaqinida oldinga siljişi va AQŞning Ukrainaga harbiy yordam körsatişni ma’qullaşini keçiktirgani haqida izoh berar ekan, şunday dedi: «Bu juda uzoq davom etgani açinarli, lekin vaziyatni özgartiradi».
May oyi boşida Kemeron Kiyevga taşrif buyurib, Britaniya Ukrainaga har yili «kerak bölganda» 3 milliard funt sterling miqdorida harbiy yordam berişini va’da qilgan edi.
Rossiyaning Xarkiv yaqinida olğa siljişi
Rossiya Mudofaa vazirligi 12 may kuni Rossiya Qurolli kuçlari Xarkiv viloyatidagi yana törtta aholi punkti, xususan: Gatişçe, Krasnoye, Moroxovets va Oleynikovoni qölga kiritganini ma’lum qildi. Harbiy vazirlik ma’lumotlariga köra, Rossiya armiyasi Ukrainaning Volçansk, Degtyarniy va Lopan yaqinidagi pozitsiyalariga zarbalar bergan.














