Xitoyning Hunan Industrial Equipment Installation Co. Ltd kompaniyasi Bişkek–Duşanbe–Termiz avtomobil yöliga parallel pulli avtomagistral qurişni rejalaştirmoqda.

Kompaniya rasmiylari 11 may kuni Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov bilan uçraşgan.

“Muzokaralar davomida yöl qurilişining ekologik va iqtisodiy jihatlariga, xususan, turar joylar va daraxtlar köçirilişini minimal darajaga tuşiriş, loyihaning tabiatga ta’sirini imkon qadar kamaytiriş masalalariga e’tibor qaratildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Yakunda mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihani takomillaştiriş böyiça hamkorlikdagi işlar kelişib olindi”, – deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilişiça, Xitoyning Hunan Industrial Equipment Installation Co. Ltd kompaniyasi özining 66 yillik faoliyati davomida 40 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi pulli yöllarni qurgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston hukumati Toşkent–Andijon va Toşkent–Samarqand yönalişlarida davlat-xususiy şeriklik asosida pulli avtoyöllar qurişni reja qilgan. Avvalroq Toşkent–Andijon pullik yöli loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholangan edi.