Yiğilişda qayd qilinişiça, IT xizmatlari va eksportining asosiy uluşi Toşkent şahriga töğri keladi, mutaxassislarning 80 foizi şu yerda yaşaydi. 

Şu bois, bu sohani çekka hududlarda ham rivojlantiriş maqsadida, IT-şaharçalar taşkil etiş rejalaştirilgan. 

Loyihaga köra, bunday maskanlar dastlab 15 ta hududda – Çimboy, Ğijduvon, Zomin, Şarof Raşidov, Foriş, Xatirçi, Pop, Şahrisabz, Qöşrabot, Sariosiyo, Sirdaryo, Parkent, Toşloq va Tuproqqal’a tumanlari hamda Xonobod şahrida taşkil qilinadi. Ularda yiliga 10 mingga yaqin yoşlar IT, çet tili va boşqa zamonaviy kasblar böyiça bepul öqitiladi. 

Prezident şaharçalar yoşlar uçun qulay joyda bölişi, ularda yuqori malakali mutaxassislar dars berişi zarurligini ta’kidladi. 

«Şiddat bilan özgarayotgan davrda hamma sohaga axborot texnologiyalarini biladigan kadrlar kerak. Bu sohada xizmatlar uçun ham, eksport uçun ham eng asosiy resurs bu – malakali mutaxassislar. IT-şaharçalar bu yölda yoşlarga qanot böladigan, zamonaviy kasblarga örgatadigan tizim bölişi kerak», dedi Şavkat Mirziyoyev. 

IT ta’lim va dasturiy mahsulot yönalişidagi loyihalar böyiça 1 milliard sömgaça bölgan startaplar tanlovini IT-park orqali ötkaziş taklif etilmoqda. 

Davlat rahbari bu tanlovda ham, xuddi «President Tech Award» kabi, nufuzli xalqaro kompaniyalar tomonidan baholaşni yölga qöyiş zarurligini ta’kidladi. 

Raqamli texnologiyalar sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida sun’iy intellekt va kosmik faoliyatga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş vazifasi qöyildi. 

Şuningdek, taqdimotda Yagona kommunal xizmatlar platformasini joriy etiş böyiça ham axborot berildi. Bu onlayn platforma orqali iste’molçilar 8 ta kommunal taşkilot xizmatlari uçun tölovlarni amalga oşirişi mumkin böladi. Unda 14 tadan ortiq idoralar ma’lumotlarini bir nuqtada jamlaş hamda avtomatlaştirilgan ravişda taqsimlaş imkoniyati paydo böladi.