Ukrainada uruşning 810-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Putin RF xavfsizlik kengaşining yangi tarkibida ilk yiğilişni ötkazdi. Sergey Şoygu unda kotib sifatida iştirok etdi.
- Daniya boş vaziri F-16 qiruvçilari ukrain harbiylari ixtiyoriga yaqin bir oy içida kelib tuşişini ma’lum qildi.
- Ukraina QK boş ştabi Rossiya Xarkiv yönalişida taktik yutuqlarga erişgani, Vovçansk uçun janglar ketayotgani haqida xabar qildi.
- Ukraina xavfsizlik xizmati Kiyevda 9 may kuni terakt uyuştirişga tayyorgarlik körişda gumonlanayotgan «GRU agentlari» qölga olingani haqida ma’lum qildi.
- Belgorod öqqa tutilişi oqibatida tinç aholi vakillaridan yana yetti kişi yaralandi.
- Rossiya FXX «Yandeks»ning sobiq xodimi «davlatga xiyonat»da gumonlanib uşlanganini ma’lum qildi. Uni Ukraina qurolli kuçlariga mablağ ötkazib berişda gumonlaşmoqda.
- The Wall Street Journal naşri aniqlaşiça, ukrainlarning havo hujumidan mudofaa kuçlari raketalarning faqat 30 foizini urib tuşirmoqda. Ularning samaradorligi keskin tuşib ketgan.
Kun kadri. Volçanskdan evakuatsiya
Rossiya qöşini Xarkiv oblastida yuriş qilişda davom etmoqda. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi 13 may tongida Rossiya qöşini Xarkiv oblasti şimolidagi Vovçansk şahri uçun janglarda «taktik yutuqlarga erişgani» haqida ma’lum qilgandi, ammo şu kuni keçga kelib ukrain harbiylari RF qurolli kuçlarini çekintirgani va şaharning şimoliy çekkalarida «tozalaş işlari olib borilayotgani»ni ma’lum qildi.14 may tongidagi ma’lumotlarga köra, uşbu yuriş tufayli Xarkiv oblastida 7000 dan ortiq kişi evakuatsiya qilingan, jumladan Vovçansk şahri joylaşgan Çuhiyiv rayonini 2000 kişi tark etgan.
Vovçansk aholisi evakuatsiya qilinişiga guvoh bölgan ukrainalik jurnalistlar odamlar töxtovsiz davom etayotgan zarbalar ostida olib çiqilayotganini aytişgan. «Katta ehtimol bilan, bizning uydan yarim kilometr narida avtomatlar orqali janglar ketmoqda. Qandaydir harbiy buyruqlar baqirib aytilayotgani eşitiladi, töxtovsiz öq uziladi. Tun-u kun snaryadlar uçadi», — degan 24 kanaliga mahalliy aholi vakillaridan biri Konstantin.
Mudofaani yorib ötganida rossiyalik harbiylar turar joylar böylab öt oçişadi. «Nega? Men kimga yomonlik qildim? Men şunçaki uyda ötirgandim va eşiklarga qarata öt oçişdi», — degan jurnalistlarga jabrlanuvçilardan biri Ruslan.





















