Tarmoqlarda Toşkentdagi maktablardan birida Milliy gvardiya kiyimidagi şaxs fuqaro bilan muştlaşgani aks etgan video tarqaldi.
Unda xizmat kiyimidagi şaxs janjal vaqtida haydovçini maxsus xizmatlar foydalanadigan rezina tayoq (dubinka) bilan urgani körinadi. Holat böyiça Milliy gvardiya rasmiy munosabat bildirdi.
Unda aytilişiça, Mirzo Uluğbek tumanidagi 50-maktabning oşxonasida işlovçi fuqaro şaxsiy avtotransport vositasi bilan ruxsatsiz, özboşimçalik bilan maktab hududiga kirgan. Bu holatni körgan maktab qorovuli fuqaroni maktab hududiga avtomaşina bilan kiriş mumkin emasligi töğrisida ogohlantirib, maşinani olib çiqişini talab qilgan.

“Fuqaro N.A. esa qorovulning qonuniy talablariga böysunmasdan, uni haqorat qilgan va unga faol qarşilik körsatgan. Şundan keyin maktab qorovuli fuqaro N.A.ga nisbatan kuç işlatişga majbur bölgan”, – deyiladi xabarda.
Ammo izohda maktab qorovuli deyilgan şaxs Milliy gvardiya xodimi ekani yoki yöq – aniqlaştirilmagan.

Toşkent şahar Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasining versiyasiga köra, janjal 10 may kuni taxminan soat 07:30larda maktab darvozasining qulf-kaliti sabab yuzaga kelgan.
“Maktab oşxonaçisi “Avgayfayz” MÇJ xodimi N.A. va tuman qöriqlaş bölinmasi vakili, maktab qöriqçisi A.A. örtasida maktab darvozasining qulf-kaliti uçun mojaro kelib çiqqan. Janjal oqibatida oşxonaçi A.N. jarohatlangan.
Maktab qöriqçisi A.A. tuman qöriqlaş bölinmasi tomonidan boşqa obektga işga ötkazilgan”, – deyiladi munosabatda.
Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Reyinroq batafsil ma’lumot berilişi aytildi.
Eslatib ötamiz, kuni keça Farğonaning Qöştepa tumanidagi maktabida inspektor-psixolog sifatida işlayotgan Milliy gvardiya xodimi yuqori sinf öquvçisiga şapaloq tuşirişi ortidan lavozimidan












