Frontdagi vaziyat: Ruslarning Xarkiv oblastidagi yurişi qanday keçmoqda?
|02:55 / 16.05.202425 25813 min
Rossiya Xarkiv oblastida oldinga siljimoqda. Lekin bu Xarkivni şturm qilişga tayyorgarlik yoki Ukraina qurolli kuçlarini Belgoroddan uzoqlaştirişga uriniş bölişi dargumon. Unda bu yurişdan nima öylangan?
Rossiya qöşini şarqda yangi front oçdi va uç kun içida ikkita operativ yönalişda 5–7 kilometr masofaga ilgariladi. RF qurolli kuçlari piyodalari artilleriya hamda aviatsiya kömagida 10 mayga ötar keçasi Belgorod va Xarkiv oblastlari çegarasidan ötib, dastlab Ukraina çegara xizmatining onda-sonda uçraydigan vzvodlarining boş razvedka boşqarmasi otryadlari bilan kuçaytirilgan tayanç punktlarini egalladi. Bir kun ötib esa RF qurolli kuçlari çegara yaqinidagi bir qança qişloqlarni nazoratiga oldi va Xarkiv çekkasidagi Lipsi qişloği hamda şarqroqda joylaşgan Vovçansk şahriga (rus tilida Volçansk) yaqinlaşib kelişdi. 13 may kuni uşbu aholi yaşaş manzillaridan ikkinçisini şturm qiliş boşlandi.
Vovçansk
Xarkivdan 50 kilometr şimoli-şarqda joylaşgan (Rossiya bilan çegaradan atigi beş kilometr) uşbu şahar yarim yillik okkupatsiyadan keyin 2022 yil oktyabrida Ukraina qurolli kuçlari tomonidan ozod etilgandi. Ötgan vaqt mobaynida ukrain qöşini şahar atrofida mustahkam mudofaa çiziği taşkil eta olmadi — muhandislik işlariga Rossiya bilan çegara yaqinligi va hudud çegaraning u tomonidan muntazam ravişda öqqa tutib turilgani xalal berdi.
Asosiy mudofaa liniyasi şahardan 10–12 kilometr janubroqdan ötadi. Şimolda faqat tarqoq holda joylaşgan kiçik tayanç punktlari joylaşgan, Ukraina qurolli kuçlari Rossiya yurişi oldidan Boş razvedka boşqarmasiga böysunuvçi, bazalari Xarkiv şahri va oblast hududida bölgan otryadlarni («Kraken», «Rossiya köngillilar korpusi» va boşqalar; mazkur guruhlar yil boşida Belgorod oblastiga uyuştirilgan reydlarda iştirok etgandi) uşu nuqtalarga yuborgandi.
Volçya daryosi (Avdiyivkadan ğarbdan ötgan şu nomli boşqa daryo bilan adaştirmaslik kerak) şaharni qoq ikkiga ajratib turadi. RF qurolli kuçlari hozirça daryodan şimoldagi hududga hujum qilmoqda. Sönggi kunlarda daryo orqali ötgan bir qança köpriklar portlatildi (bu işni raqiblardan qaysi biri amalga oşirgani — noma’lum). Keyinroq şaharning kam sonli himoyaçilari daryo ortiga çekingani ma’lum böldi. Voqealarning keyingi rivoji RF qurolli kuçlari Volçyani qançalik tez keçib, şahar içkarisiga yoki undan ğarbdagi hududga ötişiga boğliq.
Körinişidan, Ukraina qurolli kuçlari hududdagi asosiy mudofaa çiziğidan şimolda raqibga jang taklif etiş uçun Vovçansk atrofiga zaxira kuçlarni taşlaşni rejalaştirmoqda; Rossiya qömondonligi ham ukrainlarning 2023 yil yozidagi qarşi hujumi çoğida şunday yöl tutgandi. Öşanda asosiy mudofaa çiziğiga hujum qilgan Ukraina qurolli kuçlari brigadalari bir neça haftalik janglardan keyin holdan toygan va asosiy mudofaa çiziğini yorib ötolmagandi.
Ukraina qurolli kuçlarining muammosi şundaki, 2023 yildagi RF qurolli kuçlaridan farqli ravişda, ular yangi front çiziğini noldan taşkil etişiga töğri keladi: Donbassda Rossiyaning sönggi oylardagi tinkani qurituvçi yurişi tufayli ukrain qömondonligi ikkinçi darajali va nisbatan sokin bölgan Xarkiv yönalişida yirik zaxiralarni uşlab tura olmagandi. Uşbu yönalişda muhandislik mudofaa inşootlari bor bölgani bilan (okoplar, tranşeyalar, bunkerlar) ular jangovar qöşinlar bilan töldirilmagan holatda foydasiz bölib çiqadi.
Mavzuga oid
13 may kuni Rossiya qöşini Vovçanskning şimoliy çekkasiga kirib, göşt kombinati va turar joylardan iborat bir neça kvartallarni egalladi. Ukraina qurolli kuçlari yurişni artilleriya olovi va dron zarbalari bilan töxtatişga harakat qilmoqda. Ammo raqiblarning kuçlari (birinçi navbatda, öt oçiş quvvati) teng emas: RF qurolli kuçlari 10 maydan buyon muntazam ravişda şahar böylab va uning atrofidagi hududlarga artilleriya va bombali zarbalar yöllamoqda.
Lipsi
RF qurolli kuçlarining Xarkiv oblastidagi yurişi uçun ikkinçi yönaliş Vovçanskdan 20–25 kilometr ğarbroqda tanlangan. Bu yerda rus qöşini töğridan töğri Xarkivning şimoli-şarqiy çekkasi hisoblangan Lipsi ustiga bostirib kelmoqda. Bu qişloqdan Xarkiv halqa yöliga qadar aholi yaşaş kvartallari tiğiz joylaşgan — bu rossiyalik harbiylar sönggi vaqtlarda qat’iy yurişlari uçun afzal körayotgan landşaft hisoblanadi: bunday binolar orasida kuzatuvdan va dronlar zarbalaridan samarali yaşiriniş mumkin.
Xuddi Vovçanskdagi kabi bu hududda ham Ukraina qurolli kuçlarining asosiy mudofaa çiziği Lipsidan janubda joylaşgan. Ammo rossiyaliklarning hujum yöli bölişi kutilayotgan turar joy binolari istehkomlar bilan himoyalanmagan. Şuningdek, yurişni sekinlaştirişi mumkin bölgan tabiiy suv tösiqlari ham yöq. Şu bilan birga, yuriş qiliş joyi şunday tanlanganki, uning qanotlaridan biri (ğarbiy qanot) yirik suv tösiği — Travyanskiy suv ombori bilan himoyalangan. RF qurolli kuçlari aynan şu ombor yoqalab Lipsiga kirib kelişga urinmoqda.
13 may kuni ilğor şturm guruhlar Lipsidan taxminan tört kilometr masofadagi Glubokoye qişloğini egalladi.
Bu yuriş qanday maqsadlarga ega bölişi mumkin?
Zarbalar yönalişiga qaraganda, Rossiyaning yurişi Xarkivni egallaş yoki qurşab oliş maqsadiga ega emas. Şuningdek, Rossiya qömondonligi Ukraina qurolli kuçlarini çegaradan 15–20 kilometr nariga surib taşlab, «sanitar zona» taşkil etişni rejalaştirayotgani (bu iborani avvalroq Vladimir Putin tilga olgandi) ham dargumon: hozirça rus qöşini Ukraina hududiga faqat tor uçastka böylab kirib kelgan va bu faqat Xarkivdan şarqda röy bermoqda.
Katta ehtimol bilan, yuriş rejasi RF qurolli kuçlarining boşqa amaliyotlari bilan boğliq. Rossiyaning 2022 yil bahoridagi asosiy zarbasi aynan Xarkivdan şarqda — Vovçansk orqali berilgandi. Öşanda ularning maqsadi Izyumni egallaş va keyin Donbass şimoliga — Slovyansk va Kramatorsk şaharlariga yuriş qiliş bölgandi. Ukraina qurolli kuçlari bu yurişni faqat 2022 yil yoziga kelib katta qiyinçilik bilan Slovyansk yaqinida töxtatişga muvaffaq bölgandi.
Endilikda, Rossiya qömondonligi bunday katta ambitsiyalarga ega reja tuzmagan bölişi kerak: katta ehtimol bilan, amaliyotning maqsadi Kupyanskda ukrain qöşini ortidan çiqiş hisoblanadi. RF qurolli kuçlari bir yildan ortiq vaqt mobaynida Oskol daryosi böyidagi uşbu şaharga şarqiy sohildan zarba bermoqda, ammo uni egallaş uçun urinişlar besamar ketmoqda; Vovçanskda muvaffaqiyatga erişiş orqali ular Kupyanskka ğarbdan yaqinlaşib kelişi mumkin. Bu yuriş maqsadi böyiça yana bir muqobil variant bor — u ham Kupyansk frontini qulatiş maqsadi: Vovçansk va Lipsidan Şimoliy Don daryosi yoqalab Çuhiyiv va Şevçenkovoga zarba beriş. Reja muvaffaqiyatli bajarilgan taqdirda ikki variant ham Oskolning şarqiy sohilida ukrainlarning Xarkiv, Luhansk va Donetsk oblastlari tutaşgan hududdagi fronti qulaşiga olib kelişi mumkin.
Janglar natijasi (va kölami) raqiblar qanday miqdordagi kuçlarni harakatga keltira olişiga boğliq böladi.
Xabarlarga köra, ukrain qömondonligi frontning yangi uçastkasiga zaxira kuçlar olib kelmoqda (bu guruh tarkibi ma’lum qilinmayapti). Ukrainaning muammosi şundaki, zaxiralar şusiz ham köp emas: masalan, Rossiyaning yirik yurişi davom etayotgan Avdiyivkadan ğarbdagi hududlarda vaziyatni barqarorlaştiriş uçun zaxira kuçlar topilmayapti.
Qömondonlikda faqat sönggi oylarda frontdan ta’til uçun qaytarib olingan bir neça brigada bor. Şuningdek, yana bir neça brigada Rossiya qöşinlarining Avdiyivkadan şimoldagi yorib ötişini baribir töxtata olmaganidan keyin front ortiga yuborilgan.
Şuningdek, «tinç» yönalişlardagi pozitsiyalardan bölinmalarni olib ötiş mumkin. Ammo şu bilan birga yodda tutiş kerakki, Rossiya qömondonligi sönggi vaqtlarda qöşinlarning bunday olib ketilişidan foydalanib, mudofaaning zaiflaşgan nuqtalariga zarbalar bermoqda — va bunday yönalişlar darhol «notinç» bölib qolmoqda. Dniproning söl sohilida desant amaliyotlar uçun harakatlanayotgan dengiz piyodalari korpusi brigadalari ham zaxira manbayi bölişi mumkin: ular Krinki atrofidagi platsdarmlardan olib ketilgan taqdirda ham öng sohilni daryo tösiği himoya qila oladi (Rossiya armiyasi hozirda Dnipro daryosini keçib ötiş orqali keng kölamli desant amaliyoti ötkazişga qodir emas).
Rossiyaning yuriş qilayotgan guruhi tarkibi ham (sobrannoy pod naçalom komandovaniya «Sever» qömondonligi ostida yangidan tiklangan Leningrad harbiy okrugi ştabi bazasida töplangan) töliq aniq emas. Şunisi ma’lumki, Xarkiv ostonasida yuriş qilayotgan kuçlar faqat Leningrad okrugi qöşinlaridan iborat emas. Katta ehtimol bilan, janglarga quyidagi bölinmalar ham taşlangan:
11-armiya korpusi (doimiy joylaşuv manzili — Kaliningrad oblasti) piyodalari, aynan aytiladigan bölsa, 18-motoöqçilar diviziyasi;
Leningrad oblastidagi 6-qöşma armiyaning ikki motoöqçilar brigadasi;
2024 yilda Leningrad oblastida qaytadan taşkil etilgan 44-armiya korpusi (ştat böyiça — yangi 72-motoöqçilar diviziyasi va bitta motoöqçilar brigadasi; haqiqiy tarkibi noma’lum).
11-korpus va 6-armiya uruş davomida yuqori jangovar samaradorlik körsata olmagan. Xususan, 2022 yil kuzida Ukraina qurolli kuçlari yorib ötgan mahalda Balakliyani aynan 11-korpus himoya qilgandi; 6-armiyaning ikki brigadasi ikki yildan buyon Kupyanskka kirib boriş uçun behuda urindi. Qaytadan tuzilgan 44-korpus esa janglar sinovidan ötmagan. Mart oyida ham uning saflariga şartnoma asosida xizmat qiluvçilarni yollaş işlari faollik bilan olib borilayotgandi.
Bu guruh tarkibidan Leningrad okrugining jangovar tuzilmalari örin olmagan: Arktikaning 200-motoöqçi brigadasi Çasiv Yarga yuriş qilmoqda, Şimoliy flotning 80- va 61-dengiz piyodalari brigadalari esa Dniproning çap sohilida jang qilmoqda.
Okrugning agar eng jangovar tuzilmasi bölmasa ham, eng maşhuri hisoblangan Havo-desant kuçlarining Pskovdagi 76-desant-şturm diviziyasi qayerdaligi ma’lum emas. 2023 yil yozidan buyon sönggi vaqtlargaça uşbu diviziya Zaporijjya oblastida (Ukraina QK ötgan yil yozidagi yurişi vaqtida asosiy zarbasini bergan Rabotine va Verbove hududlarida) jang qilgandi. Diviziya qömondonligiga yaqin bölgan kanallar diviziya mart oyida Kursk oblastiga olib ketilganiga işora qilgandi («Sever» guruhining boşqa bölinmalari ham öşa yerda joylaşgandi). Uşbu desantçilar tuzilmasi (yoki uning bir qismi) Rossiyaning Xarkiv oblastidagi yurişi uçun zaxira sifatida uşlab turilgan bölişi ham mumkin.
Mazkur yurişga jalb etilgan qöşinlar soni 50–60 ming kişiga baholanmoqda. Ammo hozirça uning faqat bir qismi janglarga taşlangan. Yuriş qilayotgan guruh hozirça zirhli texnikalardan deyarli foydalanmayapti — Xarkivdan şarqda keçayotgan janglar aks etgan videolarda faqat şturmçi piyoda bölinmalarini köriş mumkin. Ularni kuçli raketa-artilleriya guruhi, şuningdek aviatsiya qöllab turibdi. Katta ehtimol bilan, qömondonlik zirhli tank kuçlarini Ukraina qurolli kuçlari mudofaasi yorib ötilganidan keyin jangga taşlaşni möljallagan. Tabiiyki, faqat piyodalar orqali olib borilayotgan yuriş sur’ati yuqori emas — va bu ukrain zaxira kuçlari frontga yetib kelmagan holatda.
Hozirça Rossiya guruhi kuçlari hatto yuriş Kupyansk frontidagi vaziyatga ta’sir körsatişi uçun ham yetarli bölib körinmayapti. Rossiya qömondonligi öz oldiga nisbatan kamtarona maqsadlarni qöygan bölişi ham mumkin: Ukraina qurolli kuçlarini barça zaxiralarni Xarkiv atrofiga olib ötişga majbur qiliş — bu orqali, ulardan Donbassdagi janglarda foydalanilmasligiga erişiş.
Ammo duşman zaxiralarini unga yönaltiriş uçun frontning yangi uçastkasini oçiş ğoyasining özi — muvaffaqiyatli bölib çiqmasligi mumkin. RF qurolli kuçlariga Avdiyivka va Çasiv Yar atrofidagi muvaffaqiyatni rivojlantiriş uçun ham kuç yetişmayapti. Aftidan, Leningrad okrugining zaxiradagi qöşinlarini Xarkiv atrofidagi frontning çekka uçastkasiga emas, balki Kreml uruşdagi siyosiy maqsadlariga erişişga urinayotgan Donbass markaziga jamlaş mantiqan töğriroq bölardi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi