Majlisi Namoyandagon (Tojikiston parlamenti quyi palatasi) 8 may kuni «An’ana va marosimlarni tartibga soliş töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş masalasini muhokama qildi. Tojikiston Din işlari böyiça qömita rahbari Sulaymon Davlatzoda qonunning yangi tahriri zamon talablariga javob berişini ta’kidladi. 

Qonunga kiritilayotgan özgartişlarga köra, Ramazon va Qurbon hayitida bolalar iştirokidagi an’anaviy «Idgardak» tadbiri taqiqlanadi. Unda bolalar qarindoşlari va qöni-qöşnilarining uylariga borib, ularni tabriklaydi, sovğalar oladi. Din işlari böyiça qömita rahbari parlamentda sözlagan nutqida «Idgardak» odati boşqa mamlakatlarda yöqligini, dinda ham tilga olinmaganini, bundan taşqari, bu bolalar uçun xavfli ekanligini ta’kidladi: ular notaniş joylarga boradi, katta yöllardan ötadi.

Şu bilan birga, Davlatzodaning parlamentda aytişiça, qonun loyihasining 11-moddasiga köra, tibbiyot muassasalarida öğil bolalarni bepul sunnat qiliş muddati tuğilgandan keyin 20 kundan 1 oygaça uzaytirildi. Xayriya sunnatlari bilan boğliq me’yorlar bekor qilindi, çunki bu marosimlar oilaviy marosimlarga aylandi. 

Bundan taşqari, qonun loyihasining 12-moddasida töy bilan boğliq ikkitadan ortiq marosim ötkazilmasligi belgilab qöyilgan va töy bilan boğliq boşqa tadbirlar taqiqlangan. 

Fuqarolarga mablağlarni töyxona va restoranlardagi töy dasturxoni örniga xayriya işlariga, masalan, yöllarni ta’mirlaş, suv quvurlarini yotqiziş va ijtimoiy obektlarni quriş uçun sarflaş taklif qilingan. 

Davlatzodaga köra, kelin-kuyovga hamrohlik qilişda köp sonli avtomaşinalardan foydalaniş ham maqsadga muvofiq emas, şu bois törttadan ortiq maşinadan foydalanişga ruxsat yöq. 

Şu bilan birga, Davlatzodaning aytişiça, sönggi yillarda ziyoratçilar soni köpaygan, ayrim fuqarolar Hajdan keyin ziyoratçilarni kutib olişda isrofgarçilikka yöl qöymoqda. Şu bois bunday tadbirlarni oila davrasida ötkaziş nazarda tutilgan. 

Şuningdek, haj yoki umra ziyoratiga borganlarni kutib olişda hovlilar, köçalar, mahallalar va avtomaşinalarni bayramona bezaş, sovğalar tarqatiş taqiqlanadi.