Xalqaro valuta jamğarmasi 2024 yilgi maslahatlaşuvlar doirasida Özbekiston rasmiylari bilan Toşkentda bölib ötgan muhokamalar yakunlari böyiça taşkilot missiyasining rasmiy bayonotini e’lon qildi.

Joriy holat

Bayonotda ta’kidlanişiça, Özbekiston iqtisodiyotining ösiş sur’ati yuqoriligiça qolmoqda. Pul ötkazmalari hajmi 2022 yilgaça bölgan davr trendiga qaytgan bölsa-da, rağbatlantiruvçi fiskal siyosat yuritilişi, asosiy kapitalga investitsiyalarning keskin ösişi va xususiy iste’molning faollaşuvi 2023 yilda YaIM real hisobda 6 foiz ösişiga xizmat qildi. 2024 yilning birinçi çoragida ösiş sur’ati yuqori saqlanib qolib, yillik hisobda 6,2 foizni taşkil etdi.

Real daromadlarning barqaror ösişi va 2020 yildan beri ijtimoiy himoya tizimi kölamini kengaytiriş borasidagi çoralar kambağallik darajasini 2021 yildagi 17 foizdan 2023 yilda 11 foizgaça pasayişiga yordam berdi. Nisbatan yuqori real asosiy stavka hamda jahon bozorida oziq-ovqat va energiya narxlarining pasayişi tufayli umumiy inflatsiyaning 2022 yil oxiridagi 12,3 foizdan 2024 yil mart oyida 8 foizgaça pasaydi.

Maşina va uskunalar importining tez sur’atda ösişi (ularning bir qismi vaqtinçalik xarakterga ega), pul ötkazmalari hajmining 2022 yilga nisbatan qisqarişi, taşqi qarzlar böyiça foiz tölovlarining oşişi va çet el uluşi bor korxonalar daromadlarining repatriatsiya qilinişi kabi omillar ta’sirlarining oltin eksportiga nisbatan yuqori bölişi tölov balansining joriy operatsiyalar hisobi taqçilligining YaIMga nisbatan 2020 yildagi 3,5 foizdan 2023 yilda 8,6 foizgaça oşişiga sabab böldi. Xalqaro zaxiralar 2023 yilda 1,2 milliard AQŞ dollariga qisqargan bölsa-da, yuqori darajada qolmoqda va 2024 yil mart oyi oxirida taxminan 9 oylik import hajmini taşkil etgan.

Istiqbollar

“Umuman olganda istiqbollar ijobiy, ammo içki va taşqi xatarlar saqlanib qolmoqda. Mamlakat rasmiy idoralarining islohotlarni amalga oşiriş böyiça qat’iy sa’y-harakatlari, ayniqsa, energetika, xususiylaştiriş va davlat korxonalarini isloh qiliş yönalişidagi, iqtisodiy rivojlaniş istiqbollarini yaxşilaşga yordam berdi. YaIMning real ösişi yuqori bölib, içki talabning barqaror ösişi hisobiga 2024 yilda 5,4 foizni taşkil etişi kutilmoqda va 2025 yilda 5,5 foizgaça oşadi”, deyiladi bayonotda.

Şuningdek, fiskal töğrilanişlarning davom etişi (fiskal taqçillikning qisqartirilişi), bank kreditlari ösişining muvozanatlaşişi va importda 2023 yilda kuzatilgan vaqtinçalik omillarning kamayişi importning ösişini maqbullaştirişi qayd etilgan. Bu esa, joriy va keyingi yillarda ayni paytdagi hisob taqçilligining pasayişiga olib keladi.