Mahmud Şuhratoviç Istamov Oliy Majlis Qonunçilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumot Qonunçilik palatasi veb-saytida paydo böldi. 

Mahmud Istamov 45 yoşda, Toşkent davlat yuridik universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. 2004-2005 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlaş markazi boşliği, 2005-2006 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini monitoring qiliş markazi bölim boşliği lavozimlarida işlagan. 

2006-2017 yillarda Prezident Administratsiyasida turli lavozimlarda işlagan. 2017-2019 yillarda adliya vaziri örinbosari va birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan. 2019 yil yozida u Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari etib saylangan edi. 

Mahmud Istamov 2021 yil yanvarida Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan, 2024 yil fevral oyida uşbu lavozimdan ozod etilgan.