Toşkent viloyatida daraxtlarni kesganlar ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 4 nafar jinoiy şerik 2023 yilning 5 dekabr kuni yarim tunda Örta Çirçiq tumani Maş’al mahallasi hududidagi “Ma’rufxon” fermer xöjaligiga qaraşli dala maydoniga borişgan. Ular özlari bilan olib kelgan motorli arra va boşqa iş qurollari yordamida jami narxi 247 mln 180 ming söm bölgan 5 tup köp yillik şarq çinorini tag qismidan kesib olişadi.
Söngra çinorlarni bölaklarga bölib, özlari yollagan yuk maşinasiga ortişgan va sotiş uçun Toşkent şahrida joylaşgan taxta bozoriga yöl olişgan. Ammo mömay daromad topiş ilinjidagi “işbilarmon” yölda IIB xodimlari tomonidan töxtatiladi. Tekşiruv jarayonida ular daraxtlarni noqonuniy kesib, tabiatga 247 mln 180 ming söm zarar yetkazişgani aniqlanadi.
Jinoiy şeriklarning qilmişi sudda körib çiqildi. Sud hukmiga köra, işga boşçilik qilgan fuqaro Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismida körsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan. Şuningdek, uning şeriklari ham aybli deb topilib, bittasi 2 yil, qolganlari 1 yildan ozodlikdan mahrum etiş jazosiga tortilgan.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismiga köra, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni qonunga xilof ravişda kesiş köp miqdorda zarar yetkazilişiga sabab bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 1 yildan 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.







