Fransiyaning xorijdagi Yangi Kaledoniya hududida keng tarqalgan tartibsizliklar fonida Fransiya içki işlar vaziri Jyerald Darmanen Ozarboyjonni vaziyatga aralaşuvda aybladi. Ayirmaçilarning bir qismi Ozarboyjon bilan kelişuvga ega, dedi Darmanen 16 may, payşanba kuni France 2 radiosiga bergan intervyusida.
Fransiya matbuoti xabarlariga köra, Parij Ozarboyjonning bir yil avval özi taşkil etgan Boku taşabbus guruhi yordamida «fransuz mustamlakaçiligi»ni qoralab, Yangi Kaledoniya mustaqilligi tarafdorlarini qöllab-quvvatlayotganidan juda ğazablangan.
Yangi Kaledoniyadagi namoyişçilar Ozarboyjon bayroqlarini silkitib, «Boku taşabbus guruhi» logotipi tuşirilgan futbolkalar kiyib olgan. Yaqinda kaledoniyalik siyosatçilardan biri Bokuga taklif qilindi va safardan söng Ozarboyjon Yangi Kaledoniyaning mustaqillikka intilişini qöllab-quvvatlaşini e’lon qildi, deb xabar qildi France Info radiostansiyasi va L'Express jurnali.
Boku Parijning Toğli Qoraboğ böyiça tutgan pozitsiyasidan norozi
Ularga köra, Ozarboyjon Toğli Qoraboğ masalasida Parij tomonidan Armanistonga körsatilayotgan yordam tufayli şunday yöl tutmoqda. Boku Yangi Kaledoniyada keskinlikni kuçaytirib, Fransiyadan qasos olmoqçi, deyiladi France Info va L'Express xabarlarida.
Yangi Kaledoniyadagi tartibsizliklar fonida Fransiya u yerda joylaştirilgan 1700 nafar xavfsizlik kuçlarini kuçaytiriş uçun xorijdagi hududiga yana 1000 nafar politsiyaçi va jandarm yubormoqda, dedi Fransiya boş vaziri Gabriel Attal. Uning sözlariga köra, Yangi Kaledoniyada vaziyat «juda tarangligiça qolmoqda, tartibsizliklar, öt qöyiş va hujumlar sodir bölmoqda, bu, albatta, qabul qilib bölmaydigan holat».
Yangi Kaledoniyadagi tartibsizliklar sababi
Yangi Kaledoniyada sönggi uç keçada tartibsizliklar oqibatida kamida beş kişi halok böldi. Parij taşabbusi bilan Yangi Kaledoniyada saylov tizimini isloh qiliş fonida tartibsizliklar boşlandi. Yangi Kaledoniyada ovoz beriş huquqi u yerda kamida ön yil yaşagan fransuzlarga berilişi rejalaştirilgan.
Mahalliy faollar islohot natijasida tub aholining ta’siri pasayadi, Fransiyaning ta’siri kuçayadi deb xavfsiramoqda va şuning uçun Yangi Kaledoniyani Parijdan mustaqil bölişga çaqiryapti.













