Ukraina qurolli kuçlari 17 mayga ötar keçasi Rossiyaning uç regioni hamda anneksiya qilingan Qrim böylab yopirilma zarbalar yölladi, deb xabar qilmoqda RF mudofaa vazirligi.

Rossiya harbiy idorasi ma’lumotiga köra, tun davomida navbatçilikdagi havo hujumidan mudofaa tizimlari 100 dan ortiq dronlarni yöq qilgan yoki töxtatgan, jumladan Qrim yarimoroli hududi ustida 51 ta pilotsiz uçiş qurilmasi urib tuşirilgan, 44 tasi — Krasnodar ölkasida, oltitasi — Belgorod oblasti va yana bittasi — Kursk oblasti ustida. Bundan taşqari, Qora dengiz akvatoriyasida aviatsiya va Qora dengiz floti navbatçi katerlari oltita ekipajsiz katerlarni yöq qilgan, deb qöşimça qiladi vazirlik.

Qrimda dronlar Sevastopolga hujum uyuştirgan. Şaharning Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatori Mixail Razvojayev qulagan dronlarning parçalari «Sevastopol» nimstansiyasini şikastlagani, natijada şaharning bir qismi elektr ta’minotisiz qolganini ma’lum qilgan. Uşbu rasmiyning ma’lumotiga köra, nimstansiya faoliyatini töliq tiklaş uçun bir kun atrofida vaqt talab etiladi, şuning uçun şaharda elektr energiyasi navbat bilan öçiriladi. Hujum tufayli rasmiylar Sevastopoldagi barça maktablar va bolalar boğçalaridagi maşğulotlarni bekor qilgan. Razvojayev hujum oqibatida jarohatlanganlar yöqligini bildirgan.

Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev tunda ukrainlarning pilotsiz uçiş qurilmalari Novorossiysk hududidagi fuqarolik obektlariga hujum qilişga uringani haqida xabar bergan. «Apparatlar qulaşi oqibatida kiçik yonğinlar röy berdi, hozirda ularni bartaraf qiliş işlari olib borilmoqda», — deya yozgan u telegram-kanalida.

Mahalliy telegram-kanallarga köra, Novorossiyskda neft baza va dengiz porti hujumga uçragan, şahardagi ayrim rayonlarda svet öçgan. Havo hujumi tufayli tunda şahardagi jamoat transporti faoliyati vaqtinça töxtatilgan. Hozirga kelib harakatlaniş böyiça çeklovlar bekor qilingan. Hududiy ta’lim boşqarmasidagilar Novorossiyskda maktab va boğçalar odatiy rejimda işlaşda davom etayotganini ma’lum qilgan, ammo ota-onalar bolalarini öquv muassasalariga yuboriş yoki yubormaslik böyiça mustaqil qaror qabul qilişi mumkin.

Krasnodar ölkasidagi operativ ştab 17 may tongida ukrainlar dronlari Tuapsedagi neftni qayta işlaş zavodiga ham hujum qilganini ma’lum qilgan. Dronlar tuşgan joyda yonğin çiqqan va tez orada öçirilgan. Jarohatlanganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmagan.