Rossiya armiyasi Xarkiv oblasti şimoli-şarqida, Rossiya-Ukraina çegarasidan 4 km masofadagi Vovçansk şahriga kirdi va boşqa yönalişda — oblast markazidan şimolida joylaşgan Lipsi qişloği tomon oldinga siljişga harakat qilmoqda. 10 may kuni Belgorod oblasti orqali Xarkiv tomon boşlangan yuriş davomida çegara hududidagi öndan ortiq qişloq egallab olingan, Ukraina qurolli kuçlari çegaradan bir neça kilometr ortga surilişga majbur bölgan. Ukraina rahbariyati vaziyatni barqarorlaştirişga muvaffaq bölinganini aytmoqda. Ammo rossiyaliklar nima uçun çegaradan ötib, bu qadar çuqur yorib kira oldi?

Rossiya Xarkiv frontini oçdi. Bu nega röy berdi va buyoğiga nima böladi?

Rossiya armiyasi katta suv tösiqlari yoqalab ikki yönalişda hujum qilmoqda.

Birinçisi — Travyanskiy suv ombori qirğoqlari böylab Xarkivdan 16 km şimoldagi Lipsi posyolkasi yönalişida. Ikkinçisi — Şimoliy Don daryosi yoqalab oblast markazidan 45 km şimoli-şarqdagi Vovçansk şahriga.

Xarkiv oblastida vaziyat keskinlaşgani munosabati bilan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy özi iştirokidagi barça xalqaro tadbirlarni keyinga qoldirişga topşiriq bergan.

Rossiya qöşini Vovçansk hududiga şimoldan kirib kelgan va şaharni şarqdan aylanib ötgan, deb xabar bermoqda nemislarning Bild naşri harbiy eksperti Yulian Ryopke. Uning ma’lumotiga köra, Rossiya Vovçansk yölida Pletenyovka, Ogursovo, Gatişçe va Bugrovatka qişloqlarini egallab olgan, bunga parallel ravişda Lipsi tomon yuriş qilmoqda, ammo şturm faqat piyodalar orqali amalga oşirilmoqda. «Strelka, Krasnoye, Pilnaya, Borisovka egallangan, Lukyanka va Glubokoyega kirilgan», — deya yozadi Ryopke Lipsi yönalişidagi vaziyat borasida.

Rossiyaliklar Vovçansk hududidagi pozitsiyalarni egallamoqda, şahar okkupatsiya qilinmoqda, deya uning ma’lumotini tasdiqlagan Oliy rada deputati Oleksiy Gonçarenko.

Vovçanskda vaziyat oğir, duşman şahardagi köçalarni egallamoqda, faol janglar davom etmoqda, deb xabar bergan ukrain telegram-kanallari politsiyaga tayanib.

«Vovçanskda şahar markazi yarim halqaga olindi, merganlar faol işlayotgani tufayli yaqinlaşiş qiyin keçmoqda», — deya yozgan rossiyaliklarning «Arxangel spetsnaza Z» harbiy telegram-kanali.

Vovçansk aholisining aksari evakuatsiya qilingan, mahalliy rasmiylar şaharda qolganlarni ham zudlik bilan bu yerni tark etişga çaqirmoqda