Qozoğiston va Rossiya hukumatlarining ma’muriy va jinoiy işlari böyiça qarorlarni tan oliş va ijro etişga oid ikki tomonlama kelişuvlari asosida Qozoğiston çegara va içki işlar tizimida yangi tizim joriy etilgan.

Migratsiya agentligi xabariga köra, sönggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan Özbekiston fuqarolarining Qozoğiston çegarasini kesib ötiş vaqtida hibsga oliniş holatlari kuzatilmoqda.

Şuningdek, hibsga olingan şaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar böyiça yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanmoqda.

Şu munosabat bilan, Migratsiya agentligi Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, Özbekistonga kelgan fuqarolarga Qozoğistonga bormaslikni tavsiya qildi.