Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024 yilning aprel oyi uçun Toşkent şahrida uy-joylar ijarasi böyiça taklif etilgan narxlar tahlilini e’lon qildi. Unga köra, poytaxtda ijara narxlari pasayişda davom etmoqda.
Aprelda poytaxtda örtaça ta’mirlangan xonadonlar uçun ijara narxlari mart oyidagiga nisbatan örtaça 0,9 foizga, töliq ta’mirlangan xonadonlar uçun esa örtaça 1,12 foizga pasaygan.
Örtaça ta’mirlangan uy-joy uçun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 350 dollar, 2 xonali — 384 dollar, 3 xonali — 429 dollar, 4 xonali — 441 dollar), Olmazor (1 xonali — 361 dollar, 2 xonali — 408 dollar, 3 xonali — 449 dollar, 4 xonali — 477 dollar) tumanlarida taklif etilgan.
Eng qimmat ijara narxlari esa Şayxontohur (1 xonali — 412 dollar, 2 xonali — 449 dollar, 3 xonali — 524 dollar, 4 xonali — 627 dollar) va Mirobod (1 xonali — 457 dollar, 2 xonali — 518 dollar, 3 xonali — 612 dollar, 4 xonali — 798 dollar) tumanlarida kuzatilgan.
Töliq ta’mirlangan turar joylar uçun eng arzon ijara narxlari Uçtepa (1 xonali — 392 dollar, 2 xonali — 484 dollar, 3 xonali — 619 dollar, 4 xonali — 736 dollar) va Çilonzor (1 xonali — 413 dollar, 2 xonali — 512 dollar, 3 xonali — 652 dollar, 4 xonali — 774 dollar) tumanlarida bölib turibdi.
Eng qimmat ijara narxlari esa Şayxontohur (1 xonali — 557 dollar, 2 xonali — 846 dollar, 3 xonali — 1069 dollar, 4 xonali — 1068 dollar) va Mirobod (1 xonali — 541 dollar, 2 xonali — 839 dollar, 3 xonali — 1028 dollar, 4 xonali — 1093 dollar) tumanlarida kuzatilgan.
Mart oyida örtaça ta’mirlangan xonadonlar ijara narxida fevralga nisbatan 0,61 foiz, töliq ta’mirlangan uy-joylar ijara narxida esa 0,76 foiz tuşiş kuzatilgandi.












