Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Özbekiston Musulmonlari idorasi bilan birgalikda «Haj-2024» dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga charter yölovçi aviaqatnovlarini amalga oşiradi. 

23 maydan 7 iyunga qadar Özbekistonning 10 ta mintaqaviy xalqaro aeroportlaridan, xususan, Toşkent, Namangan, Farğona, Buxoro, Samarqand, Qarşi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urgançdan ziyoratçilar Madina şahriga yetkaziladi. 

Jiddadan Özbekistonga qaytuvçi parvozlar esa 22 iyundan 12 iyulga qadar bajarilişi rejalaştirilgan. 

Qayd qilinişiça, aviakompaniya 124 ta charter qatnovini amalga oşiriş va 15 130 nafar ziyoratçini taşişi rejalaştirilgan. Barça aviaqatnovlar Boeing 767 havo kemalarida amalga oşiriladi. 

Ta’kidlanişiça, respublika aeroportlarida röyxatdan ötiş vaqtida yölovçilar issiq nonuşta bilan ta’minlanadi. Parvoz davomida esa Özbekiston Musulmonlari idorasi talablarini inobatga olgan holda tayyorlangan maxsus taomlar tarqatiladi.