Senatning 52-yalpi majlisida Özbekiston Markaziy bankining 2023 yildagi faoliyati töğrisidagi hisoboti eşitildi.

Hisobotda qayd etilişiça, 2023 yilda tijorat banklaridagi milliy valutadagi depozitlar qoldiği 2022 yilga nisbatan 1,3 barobarga oşib, qariyb 170 trln sömni taşkil etgan.

Jismoniy şaxslarning depozitlari qoldiği 1,4 barobarga ösib, 64 trln sömga, yuridik şaxslarning depozitlari qoldiği 1,2 barobardan köproq oşib, qariyb 106 trln sömga yetgan.

2023 yilning I çoragidan boşlab inflatsiya darajasining pasayiş tendensiyasiga ötganligi sababli 2023 yil mart oyidan asosiy stavka 15 foizdan 14 foizga pasaytirilgan.

Pul-kredit sohasidagi uşbu çora-tadbirlar inflatsiya darajasini yuqori sur’atlarda ösişini jilovlaş imkonini berib, 2023 yil yakunlari böyiça inflatsiya darajasi 8,8 foiz atrofida şakllangan.

Şu bilan birga, senatorlar Markaziy bank tomonidan amalga oşirilişi lozim bölgan qator vazifalarga e’tibor qaratib, fuqarolarning bank kartalaridan turli firibgarlik yöllari bilan mablağlarni özlaştiriş holatlariga barham berilmagani, Humo va Uzcard tölov terminallari tizimini integratsiya qiliş işlari yakunlanmagani, muammoli kreditlarning umumiy kredit portfelidagi uluşi deyarli ötgan yilgi darajada saqlanib qolayotganini qayd etdilar.

Markaziy bankning 2024 yilgi faoliyatida bazaviy inflatsiya darajasini pasaytiriş çoralarini köriş, narxlar barqarorligini ta’minlaş, tölov tizimlari barqaror işlaşini ta’minlaş va xizmatlar kölamini kengaytirib boriş hamda pul mablağlari firibgarlik yöli bilan yeçilişining oldini olişga qaratilgan kiberxavfsizlik çoralarini kuçaytiriş borasida işlarni amalga oşiriş böyiça takliflar bildirildi.