“Energiya resurslaridan oqilona foydalaniş va iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilği-energiya resurslari sarf me’yorlarini belgilaş töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qayd etilişiça:
- respublika iqtisodiyotining energiya siğimi 0,33 şartli yoqilği tonnani taşkil etadi yoki rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 3 barobar köp. Jumladan: 1 tonna metall uçun 900 kVt*soat (20 foiz köp); 1 tonna kömirni qazib çiqariş uçun 462,2 kVt*soat (33 foizga köp); 1000 metr kub suvni uzatiş uçun 130 kVt*soat (16 foizga köp) elektr energiyasi; 1 metr kub toğ-jinslarini qazib oliş uçun 1,73 kg ş.yo. (23,5 foizga köp); 1 GKal issiqlik energiyasini işlab çiqariş uçun 168,2 kg ş.yo. (25 foizga köp) yoqilği sarflanadi;
- avtotransport vositalari va mexanizmlar uçun yoqilği me’yorlari mavjud bölmaganligi natijasida 2022 yilda 3249 tonna neft va 1220 tonna suyultirilgan uglevodorod gaz asossiz ravişda sarflangan:
- energiya resurslar hisobiga tannarxni pasaytiriş maqsadida 2023 yil 11 oy davomida 301 mln kVt*soat elektr energiyasi va 730 mln kubmetr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan;
- sifatsiz neft mahsulotlari realizatsiyasi oldini oliş uçun ta’sirçan çoralar belgilanmaganligi sababli 2022 yilda 11,1 ming tonna va 2023 yilning ötgan davrida 6,7 ming tonna sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan;
- sanoat korxonalarida yoqilği-energiya resurslari sarf me’yorlari bir-birlik mahsulot tannarxida energiya resurslar uluşi rivojlangan davlatlarga nisbatan 3 baravar yuqori;
- iste’molçilarga sifatsiz avtobenzin yetkazib berayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ta’sirçan çoralar belgilanmagan.
Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Özenergoinspeksiyaning yiliga 500 t.ş.yo. yoki 250 tonna va undan yuqori motor yoqilğisi sarflaydigan yirik energiya resurslari iste’molçilari tomonidan har yili bir birlik mahsulot işlab çiqariş uçun hamda avtotransport va maxsus texnikalar uçun sarflanadigan yoqilği-energiya resurslari me’yorlarini majburiy tarzda işlab çiqiş va Özenergoinspeksiya bilan kelişiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Belgilab qöyilişiça:
a) 2024 yil 1 iyundan boşlab maişiy elektr priborlarining energiya samaradorligi klasslarini aniqlaş uçun A+++, A++, A+, A, V, S, D belgilari joriy etiladi. Bunda A+++ klassi energiya samaradorligi eng yuqori bölgan maişiy elektr priborlarini belgilaş uçun va tegişli ravişda D klassi (tavsiflarini hisobga olgan holda) bir toifaga kiritilgan maişiy elektr priborlari jumlasidagi energiya samaradorligi eng kam bölgan maişiy elektr priborlarini belgilaş uçun qöllanadi;











