Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokat qurboni böldi. Raisiy va yuqori martabali mulozimlar uçgan vertolyot 19 may kuni mamlakat şimoli-ğarbida, Şarqiy Ozarboyjon viloyati hududida halokatga uçragan. Mehr agentligi xabariga köra, halokat oqibatida boşqa yölovçilar ham, jumladan Eron TIV rahbari Hussayn Amir Abdullohiyon, Şarqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Malik Rahmatiy, oyatullohning hududdagi vakili Muhammad Ali Ale-Hoşim halok bölişgan.
Halokatga uçragan bortda şuningdek prezident qöriqçilari boşliği Sayid Mehdi Musaviy, ikki uçuvçi hamda texnik zobit bölişgan.

Raisiy uçgan vertolyot Ozarboyjon bilan çegara yaqinidagi toğli hududda qulab tuşgan. 20 may tongida Amerikada işlab çiqarilgan Bell 212 vertolyoti qoldiqlari noqulay ob-havo şaroitida ötkazilgan tungi qidiruv işlaridan keyin topilgan. Eron davlat televideniyesida ma’lum qilinişiça, vertolyot toğdagi qoyaga borib urilgan. Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pirhusayn Kolivand davlat televideniyesi orqali qilgan çiqişida qutqaruvçilar halokat joyiga yetib borişganida «vertolyot yölovçilaridan birortasi omon qolgani belgilari yöqligi»ni aytgandi. Qidiruv hududida 73 ta qutqaruv otryadi harakatlangan.
Eron davlat televideniyesi odatiy efirlarni töxtatgan. Reuters agentligi xabariga köra, vertolyot halokati töğrisidagi xabardan keyin TV orqali eronliklar butun mamlakat böylab Raisiy uçun duo qilişayotgani namoyiş etilgan. Şuningdek, televideniyeda qutqaruvçilar toğlarda vertolyotni qanday qidirayotgani körsatib turilgan. Eron hukumatida Raisiy ötirgan örindiqqa esa motam lentasi ilib qöyilgan. Tehron fond birjasi bir neça kunga faoliyatini töxtatgan.
Aviahalokatdan keyin ayrim mamlakatlar xavotir bildirdi va öz yordamini taklif etdi. Oq uydagilar prezident Jo Bayden halokat haqida xabardor qilinganini ma’lum qildi. Xitoy çuqur taşvişda ekanini bildirgan. Inqirozlarni boşqariş böyiça yevrokomissar Yanez Lenarçiç halokatdan keyin Yevroittifoq özining Copernicus sun’iy yöldoş tizimidan Eron prezidenti vertolyotini topişda foydalanişini ma’lum qildi. RF prezidenti Vladimir Putin va yuqori martabali rossiyalik harbiylar hamda amaldorlar Eronning Moskvadagi elçisi Kozim Jaloliy bilan uçraşuv ötkazdi. Elçi Eronning IRNA agentligiga aytişiça, Putin barça zarur yordam körsatilişini va’da qilgan. Vertolyot halokatga uçragan hududga Rossiya FVVning ikki samolyoti qutqaruvçilar bilan birga yuborilgan.















