APLda mavsum yakunlandi, yana «Mançester Siti» çempion.

«Mançester Siti» – «Vest Hem» 3:1
Gollar: 1:0 – 2 Foden, 2:0 – 18 Foden, 2:1 – 42 Quddus, 3:1 – 59 Rodri.
«Mançester Siti» – Ortega, Uoker, Ruben Diaş, Akanji (Ake, 71), Gvardiol, Bernardu Silva, de Bryuyne, Rodri, Foden (Kovaçiç, 90+1), Holand, Doku.
«Vest Hem» – Areolya, Tsoufal, Kressuell, Zuma, Mavropanos, Emerson (Alvares, 71), Uord-Prouz, Souçek, Lukas Paketa (Ingz, 86), Quddus, Antonio (Erti, 81).
Ogohlantiriş: Alvares (75).

«Arsenal» – «Everton» 2:1
Gollar: 0:1 – 40 Guyye, 1:1 – 43 Tomiyasu, 2:1 – 89 Haverts.
«Arsenal» – Rayya, Uayt (Timber, 69), Gabriel (Zinçenko, 59), Saliba, Tomiyasu, Parti (Smit-Rou, 69), Edegor, Rays, Haverts, Trossar (Jyezus, 78), Martinelli.
«Everton» – Pikford, Koulmen, Tarkovski, Brentueyt, Yang, Garner, Guyye, Dukure (Betunkal, 90+2), Onana, Kelvert-Lyuin (Şermiti, 75), Maknil.
Ogohlantirişlar: Parti (39), Tarkovski (50), Dukure (54), Rays (68), Timber (73), Haverts (83), Pikford (83).

APLning sönggi turini barça jamoalar bir vaqtda – Toşkent vaqti bilan soat 20:00 da boşlaşdi. Oxirgi turga kelib YeÇL yöllanmalari böyiça va ligada jon saqlab qoliş masalasida intriga qolmagandi. Intriga faqat kim çempion bölişida qolgandi. Lekin «Siti» endi yetakçilikni boy bermasligiga deyarli heç kimda şubha yöq edi va yakunda şunday böldi ham.

Rekord darajadagi qatorasiga törtinçi çempionlik arafasida Xosep Gvardiola öz şogirdlarini tinçlantirib, ehtimoliy bosimni olib taşlaş örniga, ulardagi iştiyoqni kuçaytirdi. U «Vest Hem»ni maqtab, Devid Moyyes bu jamoa boşqaruvidagi sönggi öyinida eşikni qattiq yopib ketişga harakat qilişini aytdi va ikki yil oldingi sönggi tur öyinini esladi. Öşanda «Aston Villa»ga qarşi hal qiluvçi öyinda «Mançester Siti» 75 daqiqagaça 0:2 hisobida ortda borgan, ammo qolgan daqiqalarda hisobni 3:2 körinişiga keltirib, «Liverpul»ning umidlarini söndirgandi.

«Men 10-daqiqaga qadar 3:0 hisobida oldinda bölişimizni istayman, ammo bunaqa bölmaydi», — dedi Pep. Amalda uning gapi töğri edi, ammo bunday öyinlarda ilk hujumdayoq hisobni oçiş — ideal ssenariy. Va bu gol mavsumning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan Foden tomonidan urilişi mantiqiy böldi. Filning çempionatdagi 18-goli — muhimligi jihatidan ham, çiroyliligi e’tibori bilan ham oltin kolleksiyadan joy olişi mumkin. U öz odatiga köra markazga köçdi va jarima maydoniga kirmasdan kuçli zarba bilan olis töqqizlikni aniq nişonga oldi. Golli uzatma muallifi bölgan Bernardu Silva ham ehtimoliy xayrlaşuv oldidan muxlislarga şunday sovğa tayyorlagandi.