Isroil mudofaa vaziri Beni Gans, agar boş vazir Binyamin Netanyahu 8 iyungaça Ğazo sektorida harakat rejasini taqdim etmasa, iste’foga çiqişi bilan tahdid qildi. Siyosatçi bu ultimatumni 19 may, yakşanba kuni qöydi. «Isroil askarlari frontda aqlbovar qilmaydigan jasorat körsatar ekan, ularni jangga jönatgan ba’zi odamlar qörqoqlik va mas’uliyatsizlik bilan harakat qilişmoqda», — deya Gans sözlarini keltiradi The Times of Israel.

Vazirlar mahkamasi oltita strategik maqsadga erişiş uçun şunga öxşaş rejani işlab çiqişi kerak, deya tuşuntirdi Gans. Ular orasida - HAMAS harakati tomonidan garovga olinganlarni ozod qiliş, Ğazo sektorida HAMAS hokimiyatini ağdariş, uni demilitarizatsiya qiliş va Isroil xavfsizlik nazoratini örnatiş, bu mintaqada AQŞ, Yevropa Ittifoqi hamda arab davlatlari va falastinliklar iştirokida «fuqarolik boşqaruvi uçun xalqaro mexanizm» yaratiş.

Bundan taşqari, 1 sentabrgaça Isroil şimoli aholisini öz uylariga qaytariş, Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni normallaştirişga intiliş, aholining barça toifalariga taalluqli harbiy yoki milliy xizmat tuzilmasini rivojlantiriş zarur, deya ta’kidladi Gans. Olti bosqiçli reja «oson bölmaydi», dedi u. Biroq, bunday ğoya amalga oşişi mumkin, deya qöşimça qildi siyosatçi arab va dunyo yetakçilari bilan suhbatlarini keltirib. 

Boş vazir tanqidi

Netanyahu vazirning pozitsiyasini tanqid qildi. Bunday talablar Isroilning mağlub bölişini, Ğazo sektorida HAMAS hokimiyatni saqlab qolişini va Falastin davlatini yaratişni anglatadi, deyiladi boş vazir idorasi tarqatgan bayonotda. Gans «HAMASga ultimatum qöyiş örniga boş vazirga ultimatum taqdim etişga» qaror qildi, dedi Netanyahu. 

Beni Gans 2020 yildan 2022 yilgaça Isroil mudofaa vaziri lavozimida işlagan. Netanyahuning «Likud» partiyasi yetakçiligidagi koalitsiya ğalaba qozongan saylov natijalaridan keyin u muxolifat safiga qöşildi. Bir neça oy oldin HAMASning Isroilga hujumidan söng Gans Netanyahu hukumatini qöllab-quvvatladi va harbiy kabinetga portfelsiz vazir sifatida kirdi. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi. HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.