Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bölgan vertolyotning qulaşiga texnik nosozlik sabab bölgan. Bu haqda IRNA davlat agentligi xabar berdi. 

«Raisiy yakşanba kuni (2024 yil 19 may) vertolyotdagi texnik nosozlik tufayli yuz bergan halokatda vafot etdi», deyiladi agentlik xabarida. 

Mehr agentligiga köra, vertolyot halokatida qurbon bölganlarning barçasi şahid deb e’lon qilingan. 

Bungaça aviahalokatga noqulay ob-havo şaroiti sabab bölgani aytilayotgandi. 

IRIB telekanaliga köra, halok bölganlarning dafn marosimlarini taşkil qiliş uçun maxsus qömita tuzilgan. Uning rahbari etib mamlakat vitse-prezidenti Muhsin Mansuriy tayinlandi. Prezident Raisiy dafn marosimi 23 may kuni uning tuğilgan şahri Maşhadda bölib ötadi. 

Bundan taşqari, Eron saylov komissiyasi matbuot kotibi Muhsin Islomiyning aytişiça, yangi davlat rahbari uçun muddatidan oldingi saylov 28 iyunga belgilangan.