BBC xalqaro muxbiri Liz Dyuset prezidentning ölimidan keyin Eronni nimalar kutayotgan bölişi mumkinligini tahlil qildi.

Uning ölimi u salomatligi ançadan buyon muhokama markazida bölib kelayotgan 85 yoşli oliy rahnamo, oyatulloh Ali Xominaiyning örnini egallaşi töğrisidagi miş-mişlarga barham berdi.

Eronning qattiqqöl prezidentining fojiali ölimi mamlakat siyosatidagi yönalişni özgartirmaydi yoki Islom Respublikasini sezilarli darajada larzaga keltira olmaydi.

Ammo uning ölimi qattiqqöl siyosatning konservator tarafdorlari hokimiyatning barça tarmoqlarida (saylanadigan va tayinlanadigan) ustunlik qiladigan tizimni sinovdan ötkazadi.

«Tizim uning ölimini katta şouga aylantiradi va konservatorlar birligini va Xominaiyga sodiqlikni saqlay oladigan yangi yetakçi qidirilayotgan mahalda öz funksionalligini namoyiş etiş uçun konstitutsion protseduralarga rioya etadi», — deya qayd etadi Chatham House markazining Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika böyiça dasturi direktori Sanam Vakil.

Raisiyning muxoliflari 1980-yillar oxirida siyosiy mahbuslarning ommaviy qatliga aloqadorlikda ayblangan sobiq prokurorning ölimini xursandçilik bilan qarşi olişdi; ular uning hukmronligi tugaşi rejimning umrini ham qisqartirişiga umid qilişadi.

Erondagi hukmron konservatorlar uçun davlat darajasidagi dafn marosimi hissiyotlarga töla voqea böladi; bu şuningdek meros haqidagi signallar uçun imkoniyat ham beradi.

Köpçilik 63 yoşli Raisiyni Eronning 85 yoşli oliy rahnamosi, oyatulloh Ali Xominaiyning vorisi sifatida körardi
Foto: ATTA KENARE/AFP

Töldiriş lozim bölgan yana bir öta muhim lavozim — vaqti kelganida (vafot etganida), ahamiyati prezidentnikidan ança yuqori turuvçi yangi oliy rahnamoni tanlaş huquqiga ega bölgan Ekspertlar assambleyasida böşab qolgan örindir.

«Raisiy ehtimoliy voris edi, çunki u Xominaiy oliy rahnamo bölgan vaqtdagi kabi nisbatan yoş edi. U juda sodiq edi - tizimga sodiq va öziga yaraşa taniqli bölgan kuçli mafkuraçi edi», — deydi Sanam Vakil bu şaffof bölmagan saylov jarayoni haqida, unda oliy rahnamoning öğli Mujtabo Xominaiy ham iştirok etişi taxmin qilinmoqda.