Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21 may kuni Eron Islom Respublikasi elçixonasiga taşrif buyurib, mamlakat şimolida vertolyot qulaşi oqibatida prezident Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan şaxslar fojiali halok bölgani munosabati bilan döst Eron xalqiga çuqur hamdardlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari diplomatik vakolatxonada oçilgan Hamdardlik kitobiga samimiy ta’ziya va taskin sözlarini yozib qoldirdi.

Özbekiston yetakçisi elçi Muhammadali Iskandariy bilan qisqa suhbatda prezident Ibrohim Raisiy yetuk davlat arbobi va siyosatçi bölgani, Eronning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga, aholi farovonligini oşirişga hamda mamlakatning xalqaro obrösini mustahkamlaşga, şuningdek, davlatlarimiz örtasida özaro manfaatli köp qirrali hamkorlikni kengaytirişga ulkan hissa qöşganini alohida ta’kidladi.

Kuni keça Özbekiston prezidenti Eronning Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xominaiyga hamdardlik maktubi yöllagan edi.