2024 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston Respublikasining kafolati ostida olingan xorijiy kreditlar miqdori 5,2 trln sömni taşkil etdi. Bu körsatkiç 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobarga köp. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi

Agentlikka köra, davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlarning investitsiyalar umumiy hajmidagi uluşi 1,2 foiz punktga oşib, 4,8 foizni taşkil etgan.

Ma’lumot uçun, joriy yil yanvar oyida davlat budjeti taqçilligi 5,7 trln sömni, fevralda 7,2 trln sömni, martda 6,8 trln sömni taşkil etib, umumiy çoraklik defitsit esa 19 trln 884,8 mlrd söm bölgan.

Avvalroq, Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan “2024 yilning I çoragi uçun pul-kredit siyosati şarhi”da asosiy kapitalga yönaltirilgan investitsiyalar hajmining yuqori ösiş sur’atlari kuzatilib, uning YaIMdagi uluşi 44 foizni taşkil etgani (ötgan yillarda örtaça körsatkiç 30 foizga yaqin bölgan) keltirib ötilgandi.

Şuningdek, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 2024 yil örtalariga borib jahonda qarz oliş stavkalarining pasayişi va şuning hisobiga davlat kafolatisiz taşqi qarz jalb qiliş kengayişi kutilayotganini aytib ötgandi.

Eslatib ötamiz, 17 may kuni Özbekiston hukumati navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini çiqardi. Uçta valutadagi yangi obligatsiyalarning umumiy qiymati 1,5 mlrd dollarni taşkil etadi.