28 iyun kuni – navbatdan taşqari saylov.
Kun.uz studiyasidan jonli efirda siyosiy tahlilçilar Şoislom Akmalov va Kamoliddin Rabbimov Eron siyosiy tizimining öziga xosliklari va prezident almaşinuvi mamlakat taşqi siyosatida qanday aks-sado berişi mumkinligi haqida söz yuritdi.
Marhum prezident Raisiy 2017 yilda ilk bor Oyatulloh tasdiğidan ötib, saylovda nomzod bölganiga qadar xalq içida taniqli siyosatçilardan emas edi. Öşa yili u Hasan Ruhoniyga yutqizgan. Biroq, 2021 yilda Raisiyning qöli baland kelib, saylovda ğolib bölgan edi.
Özbekistonning Erondagi elçixonasida faoliyat yuritgan siyosatşunos Şoislom Akmalovning fikriça, Ibrohim Raisiy ijro hokimiyatiga 3 yil rahbarlik qilgan bölsa-da, özidan jiddiy iz qoldirdi. Xususan, davlatni egallagan 2022 yildagi noroziliklarni bostiriş va hal etiş, ŞHT, BRIKSga a’zolik, IHT doirasidagi siyosiy faollik aynan Raisiy davriga töğri keladi.
Tahlilçining sözlariga köra, uning halok bölişi bilan boğliq versiyalarning hammasi – vaqtinça. Asosiy sabab maxsus komissiya tuzilib, voqea örganilganidan keyin ayon böladi. Bundan taşqari, aynan prezident bölgan vertolyotning avariyaga uçraşi, aloqaning butunlay uzilişi, birinçi raqamli bortdagi texnik nosozlik – juda şubhali.
Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovning fikriça, Eronda prezident asosiy siyosiy figura emas. Davlatning oliy vakolatlari ulamolar kengaşi saylaydigan oyatulloh – oliy rahbar qölida. Demak, taşqi kuçlarning Raisiyga suiqasd qiliş ehtimoli juda kam. Ya’ni Raisiy ijroiya organi rahbari ekan, uni yöq qiliş motivi taşqi kuçlarga katta ijobiy natijalarni bermaydi. Çunki davlat darajasidagi huquqlar oliy rahbarda.
Rabbimov bugunga qadar 200 dan ortiq holatda davlat rahbarlari bölgan bortlar aviahalokatini yodga olib, hozirça asosiy versiya baxtsiz hodisa ekanini urğuladi.
Raisiy halok böldi, uning örniga kim tanlanişi mumkin? Navbatdan taşqari saylov 28 iyunga belgilangan. Nomzodlarni röyxatga oliş may oyining oxiridan boşlanadi. Öşa nomzodlar içidan esa Xominaiy asosiylarini tanlab beradi. Akmalovning fikriça, katta ehtimol bilan oyatullohning öğli ham nomzodlar röyxatida böladi.
Özbekiston bilan aloqalarga kelsak, siyosiy muloqotning jadallaşişida Raisiyning örni yuqori. Lekin prezident, albatta, oyatulloh bilan maslahatlaşmay qadam taşlamagan. Demak, rasmiy Toşkent va Tehron yaqinlaşuv yölidan davom etsa kerak, deya qöşimça qildi Şoislom Akmalov.












